• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat qo‘mitasi raisi: “Xususiy klinika litsenziyasini bekor qilish muammoga yechimmi?”

    Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilariga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Kuni kecha e’lon qilingan sog‘liqni saqlash vazirining ‘Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash mezonlarini tartibga solish va retro-prospektiv tahlil o‘tkazish to‘g‘risida’gi buyrug‘i bilan xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bog‘liq faoliyati bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish, shu jumladan, ularning litsenziyalarini bekor qilish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarini kiritilishining belgilanishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    Ta’kidlanayotganidek, xususiy klinikalar ‘tez yordam’ kelmasdan, taqdim etilgan telefon raqamlari javob bermagan bir paytda, o‘lim to‘shagida yotgan bemorlarni ko‘tarib kelganlarga hech kim yordam qilmagani uchun ularga yordam berishga majbur bo‘lgan. Shu bois endi tajriba oshib, yangi davolash standartlari qabul qilinib, ahvol ancha yengillashganda ayb xususiy klinikalarga ag‘darilayotganidan norozi bo‘lmoqda.

    Shuningdek, xususiy tibbiyotga nisbatan bo‘layotgan ‘o‘gay’larcha munosabatdan, ularni hech kim himoya qilmayotganidan, ‘xususiy klinikalarda kerakli asbob-uskunalar yo‘q, dori-darmon yo‘q, ular noto‘g‘ri davolaydi’, deb kamsitilayotganidan taassuf bildirish bilan birga, ‘davlat klinikalarida mutlaqo to‘g‘ri davolanildimi, u yerlarda kerakli hamma narsa bormidi, nega xususiy klinikalarga ham tavsiyalar, qo‘llanmalar berilmadi?’ kabi haqli e’tirozlarni keltirmoqda.

    Vaholanki, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 26-martdagi ‘O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi qaroriga binoan, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga istisno tariqasida 2020-yil 1-sentabrga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtdagi faqat 7 ta xususiy klinika tegishli tartibda shartnoma imzolagan.

    Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, bu jami xususiy klinikalarga nisbatan necha foizni tashkil etadi, mutasaddilar tomonidan mamlakat uchun shunday kritik holatda xususiy tibbiyot tashkilotlari qay darajada mazkur xizmatlarni ko‘rsatishlari uchun shartnoma tuzishga jalb etildi, rag‘batlantirildi, imkoniyatlar yaratib berildi yoki jarayonga taklif etildi?!

    Shuningdek, qayd etilgan qarorga ko‘ra, mutasaddilarga nodavlat tibbiyot tashkilotlari tibbiyot xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda uni davolashning zamonaviy va samarali usullarini qo‘llash yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish, ularning bino-inshootlari dezinfeksiya vositalari bilan tizimli ravishda ishlov berilishini ta’minlash, dezinfeksiya tadbirlarini to‘liq amalga oshirish uchun yetarli miqdorda dezinfeksiya vositalari zaxirasini yaratish choralarini ko‘rish topshirilgan. Xo‘sh, bu yo‘nalishlarda qanday ishlar amalga oshirildi?!

    Mazkur savollarga mutasaddilardan javob kutib qolamiz...

    O‘zbekistonning ‘Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida’gi qonuni 6-moddasida mutasaddilarga sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni bir xilda rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratish vazifasi yuklangan. 7-moddasida esa mamlakatda sog‘liqni saqlashning davlat va xususiy tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qilishi, shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishi va bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

    Xo‘sh, yuqorida qayd etilgan qonun va qarorlarga mutasaddilar tomonidan to‘la amal qilinyapti, deya olamizmi?..

    Mamlakatimizda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyatda mutasaddilar sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlarini birdek ko‘rib, butun e’tiborni vaziyatni yaxshilashga qaratmoqdami? Xususiy klinikalar ham boshqalar qatori davlat loyihalariga taklif etilmoqdami, ular mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish jarayonlariga jalb etilmoqdami? Pandemiya sharoitida davlat tibbiyot tizimi og‘ir ahvolga tushib qolganda tizimning ma’lum ‘yuki’ni o‘z zimmasiga olgan nodavlat tibbiyot muassasalari vakillari hukumat tomonidan qanday rag‘batlantirilmoqda?

    Albatta, ushbu yo‘nalishlarda ham mutasaddilardan javob kutib qolamiz...

    Ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri ta’kidlanayotganidek, investorlar tomonidan yurtimizda tibbiyot muassasalari qurilib, zamonaviy tibbiyot texnologiyalari olib kelinishi, umuman, tizimga investitsiyalar jalb qilinishi sog‘liqni saqlashning davlat va xususiy tizimlari yig‘indisidan iborat yagona tizimning qay darajada taraqqiy etganiga bog‘liq.

    Shuning uchun tegishli davlat organlaridan qo‘yilgan savollarga javoblar bilan birga, mamlakat tibbiyot tizimini sog‘lomlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham kutamiz.

    Odiljon Iminov, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi

    Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligida COVID-19 infeksiyasini aniqlash va davolashda qatnashayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan va unda xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bog‘liq faoliyati SSV tomonidan monitoring qilib borilishi, davolash standartlarini buzgan xususiy klinikalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi, ularning litsenziyalarini bekor qilish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarining kiritilishi eslatib o‘tilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Doctor D asoschisi koronavirus bemorlarini SSV ruxsatisiz davolagan xususiy klinikalar jazolanishi haqidagi qarorga e’tiroz bildirdi
    • COVID-19’ga chalingan bemorlarni qabul qilgan va ularni davolashda davlat standartlarini buzgan xususiy klinikalarning litsenziyasi sud orqali bekor qilinadi

    11.08.2020, 13:08   Izoh (0)   33032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlarning salkam 21 foizi og‘ir ahvolda

    11.08.2020, 12:57

    Toshkentdagi “Farhod” dehqon bozori hududidan 150 gr opiy giyohvandlik vositasini 19,5 mln so‘mga sotib olgan shaxs ushlandi

    11.08.2020, 12:38

    O‘rtasaroydagi karantin zonasiga marixuana olib kirmoqchi bo‘lgan ishchi ushlandi

    11.08.2020, 12:10

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ota-onalarni xorijdagi soxta OTMlarga aldanib qolishdan ogohlantirdi

    11.08.2020, 11:52

    Toshkentda go‘zallik saloniga ketib, uyiga qaytib kelmagan 26 yoshli ayol topildi

    11.08.2020, 11:37

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi pandemiya sharoitida qanday oilalarga yordam ko‘rsatilishi majburiyligini ma’lum qildi

    11.08.2020, 11:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.