“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Napoli”ga qarshi kechgan o‘yindan (3:1) so‘ng uchrashuv bosh hakami Jyuneyt Chaqirga qo‘l uzatishni istamadi.
Uchrashuvdan so‘ng turkiyalik hakam futbolchiga qo‘lini cho‘zgan, biroq Messi unga qo‘l uzatishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga hujumchi hakamga o‘z e’tirozlarini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv vaqtida Chaqir qo‘l bilan o‘ynalganligi tufayli Messining golini hisoblamadi. Shuningdek, “Barselona”ning uchinchi goliga olib kelgan penaltidan avval hakam Kalidu Kulibalining argentinalik futbolchiga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘yiniga dastlab e’tibor qaratmagandi, videotakrorlardan so‘ng esa 11 metrlik jarima zarbasi belgilangandi.
Leo Messining 19-raqamda o‘ynagan vaqtida urgan qoyilmaqom 19 ta goli (video)
https://twitter.com/RonaIdoEdition/status/1292509731978973185
“Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:1, 3:1) chorak finalga yo‘l oldi va u yerda “Bavariya” bilan kuch sinashadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)