Madridning “Atletiko”si klubda koronavirus infeksiyasining ikkita holati kuzatilgani haqida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kasallanganlar 8-avgust kuni jamoa va klubning barcha xodimlari Chempionlar Ligasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Lissabonga (Portugaliya) ketish oldidan koronavirusga test topshirgan vaqtida aniqlangan.
Hozircha klub kasallanganlarning nomini oshkor qilmagan.
Qayd etish joiz, “Atletiko” 13-avgust sanasida Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichida “Leypsig” bilan to‘qnash keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)