“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumida dribling ishlatish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.
33 yoshli futbolchi musobaqa joriy mavsumida shu vaqtga qadar 54 marta raqiblarini aldab o‘tgan — har bir o‘yinda o‘rtacha 7,7 marta. Bu esa eng yaqin ta’qibchidan 21 taga ko‘p degandi. Ikkinchi o‘rindagi “Chelsi” yarim himoyachisi Mateo Kovachich 33 marta dribling ishlatgan.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik forvard La Liga 2019/20-yilgi mavsumida ham eng yaxshi driblingchi bo‘lgandi.
Messi Primera joriy mavsumida 33 o‘yinda maydonga tushib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)