Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ni tark etishi mumkin.
Foot Mercato nashrining xabar qilishicha, 35 yoshli portugaliyalik futbolchi agenti Jorje Mendeshdan boshqa klub vakillari bilan uchrashuv tashkil etishni so‘ragan.
Ronaldu “Yuventus”ni tark etish haqida o‘ylamoqda, PSJ varianti unga qiziq ko‘rinmoqda. Bundan tashqari Mendesh parijliklar sport direktori Leonardo bilan yaxshi tanish.
Manbada xabar qilinishicha, Mendesh va Leonardo o‘zaro suhbatlashishga ham ulgurgan. Ular Chempionlar Ligasining qolgan o‘yinlari davom etadigan Lissabon shahrida yana bir bor uchrashishi taxmin qilinmoqda.
Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 33 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)