Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi beshta tumanning hokimini jazoladi. Bu haqda, shahar hokimining 8-avgustdagi 113-f sonli farmoyishiga asoslanib, “Xabar.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Ergashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov, Yunusobod hokimi Rahmonbek Usmonov, Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxovga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Farmoyishda qayd etilishicha, sanab o‘tilgan tumanlarning rahbari “pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirayotganligi hamda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi” uchun jazolangan.
Mavzuga doir:
- Toshkent shahar hokimi Sergeli tumani “Humo” mahallasida yordam puli tarqatishda kelib chiqqan mojaro sabab, u yerga borib aholi bilan uchrashdi
- Sergelida muhtojlarga pul tarqatilishi masalasi ko‘tarildi. Mas’ullar aholi bilan uchrashdi
- Uchtepa tumanidagi uchta mahalla aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi
- Chilonzorda mahalla raisi va bandlik inspektori ishsizlarga ajratilgan 36 mln so‘mni talon-toroj qildi
Izoh (0)