• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uchtepa tumanidagi uchta mahalla aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi

    Toshkentning Uchtepa tumanidagi “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” va “Zarafshon” mahallalari aholisi 6-avgust kuni o‘z mahallalarining Toshkent viloyati Zangiota tumani hududiga o‘tkazilishiga qarshi noroziligini bildirish uchun mahalla qo‘mitasi binosiga to‘plandi. Bu haqda “O‘rikzor” mahallasi raisi Hasan Qalandarov va bir qancha fuqarolar “Gazeta.uz”ga ma’lum qilgan.

    Foto: Telegram

    2020-yil 5-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda taklif qilinishicha, poytaxtdan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10 196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

    Shu bilan birga, Toshkent shahrida Yangi hayot tumani tashkil etilib, unga Sergeli tumanidan 1752 gektar, Bektemirdan 267 gektar, Zangiotadan qariyb 328, Quyi Chirchiqdan salkam 129, Yangiyo‘ldan 263, O‘rta Chirchiqdan 1346 gektar ajratiladi va Yangi hayot tumanining hududi jami 4085 gektarga teng bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

    Xaritada uchta mahalla — “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” va “Zarafshon” ajratilgan. Bular Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Toshkentning Uchtepa tumanidagi uchta mahalla.

    Foto: “O‘zbekiston 24” telekanali

    Foto: Google Maps

    Ushbu mahallalardan birida yashovchi hamda ismi sir bo‘lib qolishni istagan fuqaro mazkur uchta mahalla avval bitta “O‘rikzor” mahallasi tarkibida bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanning bu qismini Toshkent viloyatiga o‘tkazish bir qator sabablarga ko‘ra noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

    “Zangiota tumaniga o‘tkazilganidan keyin “O‘rikzor” tuman markazidan uzoqda bo‘lib qoladi. Agarda gaz, elektr, suv bilan muammolar bo‘lsa, muammolarni hal etish uchun Zangiotaga borishimizga to‘g‘ri keladi. Uchtepa tumanida biz 1-sonli Respublika klinik shifoxonasiga (Jukovskiy) yoki 16-shahar shifoxonasi (RSHTYOIM) murojaat qilamiz, yangi tumanga o‘tgandan keyin esa Zangiotaga borishimiz kerak bo‘ladi”, — degan suhbatdosh.

    U yangi tumanga o‘tish propiska, kadastr hujjatlari, avtomobil hujjatlari va raqamlarini almashtirishga to‘g‘ri kelishini, bu esa qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishini aytib o‘tgan.

    Boshqa bir fuqaro “O‘rikzor” mahalla qo‘mitasiga uchta mahalladan 100 nafardan ortiq kishi kelganini ma’lum qildi. “O‘zbekiston 24” telekanalida Toshkent va Toshkent viloyati chegaralari o‘zgarishi to‘g‘risidagi lavha e’lon qilinganidan so‘ng Telegram’da maxsus guruh ochildi.

    Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev aholi bilan uchrashuvda.

    Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev aholi bilan uchrashuvda.
    Foto: Telegram

    “O‘rikzor” mahallasi raisi Hasan Qalandarov “Gazeta.uz” bilan suhbatda aholi bilan uchrashuvga tumanning to‘rtta sektor rahbarlari, jumladan, hokim Farhod Abdullayev yetib kelganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hokim chegaralarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklif hozirda loyiha hisoblanishini ma’lum qilib, ushbu masalani Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan muhokama qilishga va’da berdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvda Farhod Abdullayev masalani yechishga va’da berib, odamlarga uylariga qaytish, chunki aholining to‘planishi karantin qoidalarini buzishini hamda turli kasalliklarga chalinish xavfini vujudga keltirishini ta’kidlaydi.

    Uchtepa tumani hokimligi matbuot xizmati hozircha bu borada ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan.

    Mamlakat rahbariyati nomiga maktubUchta mahalla aholisi Prezident, bosh vazir, qurilish vaziri, parlament palatalari rahbarlari, poytaxt va tuman hokimlari nomiga jamoaviy murojaat (petitsiya) yo‘lladi. Maktubda nima uchun bunday qarorlar ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi aholi fikrini inobatga olmagan holda qabul qilinishi so‘ralgan.

    Ta’kidlanishicha, “O‘rikzor” mahallasi Toshkent viloyati bilan tabiiy chegaraga ega, ya’ni sharqiy va janubiy tomondan mos ravishda Qoraqamish va Bo‘zsuv kanallari bilan o‘rab olingan. “O‘rikzor” mahallasi Toshkent viloyati tarkibiga kiritiladigan bo‘lsa, mahalla aholisi o‘z viloyati yoki tumani ichida harakatlanishi uchun shaharga chiqishga majbur bo‘ladi.

    Aholi, shuningdek, qaysi xorijiy tajriba asosida shahar chegarasining belgilanishi halqa yo‘lining joylashuvidan kelib chiqib amalga oshirilishi haqidagi savolni o‘rtaga tashladi.

    Foto: Telegram

    Qayd etilishicha, “O‘rikzor” mahallasi O‘zbekiston mustaqillikka erishgan davrdan beri Toshkent shahri hududi tarkibida bo‘lib kelgan. Bu yerga aholi ko‘chib kelishi, uy-joy yoki tadbirkorlik faoliyati uchun obyekt xarid qilishida, hududning Toshkent shahri tarkibida ekanligi asosiy faktorlardan biri bo‘lgan. Mahallaning Toshkent viloyati tarkibiga o‘tkazilishi, iste’molchi, ya’ni uy-joy yoki obyekt xarid qilgan fuqarolarning haq-huquqi buzilishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    “Muhtaram Shavkat Miromonovich, “O‘rikzor” mahallasi aholisi Siz tomoningizdan so‘nggi yillarda olib borilayotgan siyosatni va ulkan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelishini, xalq manfaatlari yo‘lida jon kuydirib olib borayotgan mehnatingizni yuqori baholashini ma’lum qiladi hamda O‘zbekistonning rivojlanishi yo‘lida o‘zining barcha kuch va salohiyatini safarbar qilayotganini ishonch bilan ta’kidlaydi. Shu bilan birga, ayrim mutasaddi rahbarlarning mantiqsiz, hech kimning fikrini inobatga olmasdan o‘zboshimchalik bilan ishlab chiqayotgan takliflarini mamlakatimiz ravnaqi yo‘liga to‘siq va to‘g‘onoq bo‘layotganini ham qayd etib o‘tish lozim”, — deyiladi murojaatda.

    Petitsiyada aholi Prezidentdan ushbu masalani adolat bilan ko‘rib chiqish, mahalla hududida istiqomat qiluvchi aholining fikrini inobatga olgan holda “O‘rikzor” mahallasi Toshkent shahri tarkibida qolishi bo‘yicha qaror qabul qilishini so‘ragan.

    06.08.2020, 20:56   Izoh (0)   66853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Jahon bankidan ajratilgan 500 million dollar kreditni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi

    06.08.2020, 20:42

    Toshkentda nochor ahvolda qolgan farg‘onalik ayol o‘zini elektr uzatish ustunidan tashlamoqchi bo‘ldi

    06.08.2020, 20:12

    Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi

    06.08.2020, 19:58

    O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari kuzatilmagani ma’lum qilindi

    06.08.2020, 18:35

    Termiz shahar hokimligi xodimlarining 70 foizidan ortig‘i koronavirusga chalingani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik bunga munosabat bildirdi

    06.08.2020, 18:11

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    06.08.2020, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.