Baxtiyor Shomurotov Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Murod Turg‘unovich Isaboyev Sergeli tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Baxtiyor Shomurotov 2019-yil sentabr oyida Sergeli tumani hokimi etib tayinlangan edi. Undan avval u Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlagan.