Xitoyda “Xagupit” to‘foni 190 metr balandlikdagi Linfen tog‘ sharsharasining teskari oqishiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Kadrda tushayotgan suv xuddi shamolda esib oqayotgan kabi ko‘rinadi. Xitoyning Chjetsyan provinsiyasida yuz bergan kuchli “Xagupit” to‘foni sabab shamol tezligi soatiga 136 kilometrga yetgan. Ba’zi sharqiy sohil bo‘ylarida to‘rt metrdan baland bo‘lgan to‘lqinlar qayd etilgan. Buning oqibatida 380 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Avtomobil va temiryo‘l aloqalari uzilgan va poyezdlar bekor qilinib, ba’zi magistral yo‘llar yopilgan va ko‘plab uylar elektrsiz qolgan.
Tinch okeani orqali kelgan “Xagupit” to‘foni – Xitoyda 2020-yilda sodir bo‘lgan to‘rtinchi to‘fondir.
Izoh (0)