Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor hududida tuya 100 kilometrdan ortiq yo‘l bosib, o‘zining oldingi egasining yoniga qaytib keldi, deb xabar beradi Truth Theory.

Foto: Truth Theory

Tuyaning oldingi egasining ismi Temur bo‘lib, u o‘zining 20 yoshli tuyasini 2019-yilning kuzida boshqa bir cho‘ponga sotib yuborgan. Oradan sakkiz oy o‘tgach, hayvon birinchi egasining oldiga qaytib kelgan. Urg‘ochi tuya qochib ketib, tog‘, dasht va cho‘llardan iborat 100 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan. Temur tuya turli to‘siqlarni bosib o‘tish asnosida uning terisida yuzaga kelgan turli chandiq va shilingan izlarni topgan.

Keyinroq u tuyasi qochib ketgan cho‘pon bilan bog‘lanib, uning o‘rniga boshqa hayvon taklif qilgan.

Foto: Truth Theory

Temur o‘ziga sodiq bo‘lgan tuyani olib qolishga qaror qilgan va unga xadak — maxsus marosimlarda minnatdorchilik va hurmat belgisi sifatida taqdim etiladigan buddistlar ro‘molini sovg‘a qilgan.