Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasining iyul oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhammedov topildi.
Xolmuhammedov umumiy ovozlarning 41 foizini qo‘lga kiritgan. Futbolchi o‘tgan oyda 3 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Murod bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirgan:
- Sanjar Tursunov ( OKMK) — 2 ta o‘yin, 2 ta gol;
- Sardor Sobirxo‘jayev (“Paxtakor”) — 3 ta o‘yin, 1 gol, 2 ta assist;
- Shahzod Ubaydullayev (“Metallurg”) — 3 ta o‘yin, 2 ta gol;
- Eren Derdiyok ( “Paxtakor”) — 3 tao‘yin, 2 ta gol.
Shuningdek, OKMK yarim himoyachisi Sanjar Tursunovning “Qo‘qon-1912” darvozasiga uzoq masofadan kiritgan to‘pi oyning eng yaxshi goli deb topildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)