Moskvada YHXBB xodimlari spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan haydovchini qo‘lga oldi. Hujjatlarni tekshirish davomida erkak yil boshidan buyon 560 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani va biror marta jarimalarni to‘lamagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.
YPX inspektorlari Zelenograd ko‘chasida shubhali harakatlanayotgan Mercedes-Benz mashinasini to‘xtatgan. Mashina qo‘shni mamlakatlarning biridan kelgan 22 yoshli erkak boshqaruvida bo‘lgan. YHXBB xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, erkakning hujjatlarini tekshirish davomida u jiddiy asabiylashgan va mastlik alomatlarini namoyon etgan. Haydovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng inspektorlar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzishga kirishgan.
Dalolatnomani rasmiylashtirish vaqtida xodimlar haydovchi 2020-yilning yanvaridan buyon 562 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzganini aniqlagan. To‘lanmagan jarimalar sabab haydovchiga nisbatan 189 ta ma’muriy bayonnoma (Ma’muriy jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash) rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha tekshiruv ishlarini amalga oshirish uchun haydovchi Rossiya IIV bo‘limiga yetkazilgan. Qonunbuzar haydovchining ishi hozirda sudga oshirilgan.
Izoh (0)