“Manchester Yunayted” Italiyaning “Fiorentina” klubi hujumchisi Federiko Kyezani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda La Nazione xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, “qizil iblislar” 22 yoshli italiyalik futbolchining transferi uchun 55 million sarflamoqchi.
Qayd etish joiz, so‘nggi oylarda italyan nashrlarida Kyeza uchun “Yuventus” va “Inter”ning jiddiy qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Biroq ilk rasmiy taklif ingliz klubi tomonidan bo‘lgani aytilmoqda.
Federiko Kyeza “Fiorentina” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U A Seriyadagi debyutini 2016-yilda o‘tkazgan. Yakuniga yetgan Italiya chempionatida (2019/20-yilgi mavsumi) hujumchi 34 o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 10 gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.
Izoh (0)