“Yuventus” Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda klub bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini iste’foga chiqarishi mumkin. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Tankredi Palmeri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Turin klubi bir necha murabbiylar bilan bog‘lanib, ularning jamoaga kelishi ehtimolini muhokama qilgan. Klubning asosiy maqsadi “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan bo‘lgan, biroq fransiyalik mutaxassis “Real”ni tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, jamoa Maurisio Pochettino, Simone Inzagi, Luchano Spalletti va Jan Pyero Gasperini bilan ham muzokara o‘tkazgani aytilmoqda.
“Yuventus” Italiya A Seriyasining 2019/2020-yilgi mavsumini 1-o‘rinda yakunladi. Jamoa 7-avgust kuni Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida o‘z maydonida “Lion”ni qabul qiladi. Tomonlarning dastlabki bellashuvida fransuz klubi 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)