“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski sevimli murabbiylari haqida gapirdi.
“Mening eng sevimli murabbiyim — Yurgen Klopp. Ikkinchi o‘rinda esa Xosep Gvardiola. Kloppning go‘yo ikki xil shaxsi bordek. U futbolchilarga xuddi ota kabi mehribon. Ikkinchi ko‘rinishi esa professional murabbiy. U sizga istalgan narsani aytishi mumkin. Yaxshi narsalarni nazarda tutmayapman. Yurgen yomon narsalar haqida gapirishni boplaydi.
Klopp futbolchilarni ilhomlantira oladi. U o‘z ishini mukammal bajaradi, chunki futbolchilarni boshqarishni biladi. Shu bilan birga u judayam yaxshi inson”, — deydi Levandovski.
Ma’lumot uchun, Levandovski Klopp bilan “Borussiya D”da, Gvardiola bilan esa “Bavariya”da birga ishlagan. Germaniya Bundesligasining 2019/20-yilgi mavsumida polshalik futbolchi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)