• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 1-avgustdan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

    Adliya vazirligi O‘zbekistonda 2020-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradigan o‘zgarishlarni eslatib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat beruvchi guvohnomalar cheklanmagan muddatga beriladi.

    Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi.

    Ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo‘nalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka bo‘yicha aksiz solig‘i solinadi.

    Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar iste’mol etil spirtining 50 foiz haqini oldindan to‘lash shartlarida realizatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

    Majburiy ijro byurosining qator vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi.

    Majburiy ijro byurosining quyidagi vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi:

    • elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring o‘tkazishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligiga;
    • elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste’molini hisobga olish bo‘yicha vazifa va vakolatlari – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJning hududiy tashkilotlariga;
    • elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vakolatlar – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJning hududiy tashkilotlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;
    • elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan foydalanish yuzasidan iste’molchilarning huquqiy madaniyatini va mas’uliyatini oshirishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligi, Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJga;
    • energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta’minlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifalar – Energetika vazirligiga.
    Andijon, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.

    1-avgustdan boshlab:

    • reyslar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi “Ochiq osmon” rejimi Andijon, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;
    • xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat’i nazar “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi (bunda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining uchish va aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha standartlariga muvofiq bo‘lish talab etiladi);
    • investorlarning yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini (“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida tashkil etilayotganlardan tashqari) qurish va jihozlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi har bir 500 metr yo‘l uchun davlat budjetidan Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida qoplanadi.
    Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi.

    Eksperiment tariqasida Davlat bojxona qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr”, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi.

    Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida o‘z huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi.

    Transport vositasining turi, toifasi, ishlab chiqarish muddatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravaridan 1500 baravarigacha utilizatsiya yig‘imi undiriladi.

    Temiryo‘l transporti tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi ma’lumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida beg‘araz tarzda taqdim etadi.

    Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.

    8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.

    Senatda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

    Davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi.

    Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlari ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekistonning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi (qonun hujjatlaridagi istisnolardan tashqari).

    Nukus shahri va viloyat markazlarida umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqini to‘lash avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi.

    Ayrim teatr va muzey-qo‘riqxonalar chiptalarini sotish BOYaET orqali amalga oshiriladi.

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasida chiptalarni sotish Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi (BOYaET) orqali amalga oshiriladi.

    O‘zbekistonning “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kiradi.

    01.08.2020, 19:03   Izoh (0)   134148
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2-avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, tog‘li hududlarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    01.08.2020, 18:49

    O‘zbekistonda yordam puli tarqatilishiga oid e’tirozli videolar tarqalmoqda. Mahalla vazirligi xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi

    01.08.2020, 18:19

    Nukusda Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi

    01.08.2020, 18:00

    O‘zbekistonda moddiy yordam pullarini tarqatishda qonunbuzarliklar yuz bersa, prokuraturaga murojaat qilish tavsiya etildi

    01.08.2020, 17:41

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 24,5 mingdan oshdi

    01.08.2020, 17:30

    Koronavirusga chalingan Toyloq tumani prokurori 58 yoshda vafot etdi

    01.08.2020, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.