“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qilgan.

Foto: “Daryo”

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari Prezidentning PQ-3818-sonli qarori bilan tasdiqlangan.