Qoraqalpog‘istondagi “Makan.uz”, “Kruz.uz” va “Kar24.uz” nashrlarining bosh muharrirlari 2020-yil 25-iyulda “Repost.uz”ning Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov vafot etgani (keyinchalik uning koronavirusdan davolanayotgani, 30-iyulda ahvoli og‘irligi va sun’iy nafas olish apparatiga ulangani ma’lum bo‘lgan, 31-iyulda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazovning 72 yoshida vafot etgani haqida xabar qilindi) haqidagi feyk xabarni chop etganidan so‘ng prokuraturaga chaqirilgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, har uchala jurnalistning ham mobil telefonlari guvohlar ishtirokida konvertga solinib, noutbuklari olib qo‘yilgani aytilgandi.
“Makan.uz” nashrining yozishicha, voqeadan 3-4 kun o‘tib, 29-iyul kuni Nukus shahar IIB tomonidan jurnalist va blogerlarning texnikalari qaytarib berilgan.
28-iyulda O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova bu holat bo‘yicha qoraqalpog‘istonlik hamkasblariga tanbeh bergan va shu masalada Qoraqalpog‘iston prokurori bilan gaplashganini bildirgan. AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yozma murojaat yuborgandi.
Izoh (0)