• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent reklama festivali bo‘lib o‘tadi!

    Ikkinchi Toshkent reklama festivali 5—7-avgustda onlayn formatda o‘tkaziladi.

    Toshkent festivallari tarixidan poytaxtda turli yillarda o‘tkazilgan ko‘plab festivallar o‘rin olgan. Sovet davrining eng yorqin va mashhur festivali 1968-yildan 1988-yilgacha Toshkentda iyun boshlarida ikki yilda bir marta o‘tkazilgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivali bo‘lgan.

    Festival ishtirokchilari qayd etishlaricha, “...unga katta davlat ahamiyati berilardi. Uni tayyorlash va o‘tkazishda minglab odamlar, yuzlab tashkilotlar qatnashardi. Mehmonlar o‘tadigan yo‘l bo‘ylaridagi uylar tashqi tomoni ta’mirlanardi. O‘nlab kilometr yo‘llar asfalt qilinardi, kinoteatrlar qayta qurilib, yangilanardi”. Festival juda yorqin, hissiyotlarga boy o‘tardi va ekspertlar ham tomoshabinlar tomonidan uzoq muhokama qilinardi.

    Bugun ham O‘zbekistonda qator xalqaro festivallar o‘tkaziladi, ular orasida birinchi bor 1997-yilda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ayniqsa keng shuhrat qozondi va obro‘ga ega bo‘ldi. Har yili Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali o‘tkaziladi, u xalq amaliy san'ati rivoji hamda o‘zbek xalqining madaniy merosini targ‘ib etishning haqiqiy maydoniga aylandi. Shuningdek, Boysun shahrida o‘tuvchi “Boysun bahori” folklor festivali hamda “Atlas bayrami” an’anaviy to‘qimachilik festivalini tilga olish o‘rinli.

    2018-yilning yozi Toshkent shahar madaniyati tarixida yangi sahifa ochdi. Bir qator keng ko‘lamli shahar festivallari xalq sayllari, ziyofatlar va ko‘ngilochar dasturlar bilan o‘tkazildi. Shunday voqyealardan birinchisi “Chilla Fest – 2018” bo‘ldi. Poytaxtning beshta yirik bog‘i ommaviy xalq sayrlari markaziga aylandi. 2019-yil yozida Muzzday 2019 muzqaymoq, yaxna ichimliklar va shirinliklar birinchi festivali o‘tkazildi. O‘sha yil iyunidayoq ikki kunlik “Vosxod” shahar elektron musiqa festivali tashkil etildi.

    Poytaxtning faol festival hayotida birinchi bor 2019-yil aprelda III ADWEEK marketing va reklama haftaligi doirasida o‘tkazilgan TAF! Toshkent reklama festivali munosib o‘rin egalladi. Festivalda Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari qatnashdilar. Festival dasturida kreativ tanlov va xalqaro reklama konferensiyasi o‘tkazildi. Xalqaro hay’at tanlov g‘oliblarini tanladi va O‘zbekiston hamda Qozog‘istonning eng yaxshi reklama agentliklarini taqdirladi.

    Toshkent reklama festivalining o‘ziga xosligi nafaqat yagona eng keng ko‘lamli xalqaro tarmoq festivali ekanida, balki uni nodavlat, notijorat birlashmasi, mamlakat marketing va reklama sohasini rivojlantiruvchi assotsiatsiya o‘tkazishida ham ko‘rinadi.

    O‘zbekistondagi eng yaxshi kreativ kuchlar tashabbusi sanaluvchi bu voqyea, ko‘p jihatdan, mustaqil hamkorlar qo‘llab-quvvatlashi tufayli dunyo yuzini ko‘rdi. Bugungi kunda u reklama kreativi sohasida festival madaniyati yaratilishiga hissa qo‘shayotgan xalqaro ishtirokchilar va ekspertlarni, professional hay’atni birlashtiradi. Tarixan bizdagi festivallar asosan xalq sayllari, madaniy yutuqlar va xalq turmush tarzi namoyishi o‘laroq o‘tkazilgan va shu sababli, bu kabi xalqaro festivalning o‘tkazilishi butun Markaziy Osiyo uchun kreativ rivojida katta ahamiyat kasb etadi.

    Qolaversa, professional tarmoq festivalining vazifalari va imkoniyatlari anchayin keng. O‘zingiz xulosa chiqaring. Zamonaviy kreativ sotuvlar oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini hyech kim inkor qilolmaydi. Darvoqe, bu haqda reklama konferensiyasi spikerlari batafsil so‘zlab beradilar. Aylanmalar va daromad ortishi esa, o‘z navbatida, soliq to‘lovlari hajmiga hamda, umumiy suratda, ijodiy faoliyat natijalaridan foydalanuvchi tarmoq va kompaniyalar, jumladan festival ishtirokchilarida ishlab chiqarish rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

    Sir emaski, TAF! ni oldindan rejalashtirgandek, ya’ni bahorda o‘tkazilishiga hammaga ma’lum sabablar to‘sqinlik qildi. Ammo, shunga qaramay, ikkinchi TAF!AntiCrisis Toshkent reklama festivali baribir bo‘lib o‘tadi. U tez orada – 5-7 avgust kunlari, onlayn-formatda, YouTube’dagi MAKON Anti Crisis kanalida, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan o‘tkaziladi.

    Festival dasturida: TAF! Anti Crisis xalqaro kreativ tanlovi, ikkinchi xalqaro reklama konferensiyasi va tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi.

    5-6 avgustda TAF! Anti Crisis xalqaro reklama konferensiyasida O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina va Qozog‘istondan  yetakchi jahon brendlari bilan ishlaydigan va xalqaro festivallarda eng yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lgan reklama sohasidagi mashhur ekspertlar so‘zga chiqadilar.

    Xalqaro konferensiya ma’ruzachilari:

    • Denis yeliseev – hay’at raisi, Friends Moscow agentligi CCO va hammuassisi, Rossiya;
    • Polina Zabrodskaya, AMV BBDO kreativ direktori, Buyuk Britaniya;
    • Roman Firayner, Instinct agentligi kreativ direktori, Rossiya;
    • Vladimir Lifanov, Suprematika agentligi, Rossiya;
    • Asxat Uskenbaev, AZ amaliy reklama maktabi asoschisi, Qozog‘iston;
    • Nikita yermolaev, Kombinat RA kreativ direktori va asoschisi, Qozog‘iston;
    • Anton Kim, ForteBank marketing direktori, CMO, Qozog‘iston;
    • Petr Storojenki, shots/creative agentligi hammuassisi va art-direktori, Ukraina;
    • Malik Karimov, korzinka.uz, REDTAG, FLO Uzbekistan marketing direktori, O‘zbekiston.
    Diyor Mirzaahmedov, TAF! Anti Crisis festivali tashkilotchisi:“Toshkent reklama festivali – bu, avvalo, milliy reklama va kreativ maktabining rivojlanishini rag‘batlantiruvchi loyihadir. Bundan tashqari, u mamlakatimiz kreativ agentliklari reytingini shakllantirish uchun asos ham bo‘ladi. Bu yil biz kreativ tanlovni xalqaro miqyosda o‘tkazdik va unda, mahalliy agentliklardan tashqari, Rossiya, Qozog‘iston va Armaniston kompaniyalari ham qatnashdi. Onlayn-format tufayli esa, festival qamrov bo‘yicha rasmana xalqaro tus oladi va butun dunyodagi rusiyzabon va o‘zbekzabon auditoriya uchun ochiq bo‘ladi. Bizning bozorimiz uchun TAF! – bu xalqaro tajriba va real keyslar bilan tanishishning noyob imkoniyatidir, bunda festival hay'ati va spikerlari zamonaviy kreativ mantig‘i va uning biznes uchun zaruriyatini tinglovchilarga yetkazadilar”.

    TAF! Anti Crisis xalqaro kreativ tanlovi marketing va reklama sohasidagi eng yaxshi kreativ loyihalarni aniqlaydi. 8 nafar xorijiy va 4 mahalliy vakildan iborat salohiyatli hay’at 24 ta nominatsiya va 4 ta toifada tanlov g‘oliblari va laureatlarini aniqlaydilar: marketing, branding&design, creative, production&craft.  Tanlovga arizalar qabuli yakunlangan va hamma natijalar chiqishini intiqlik bilan kutmoqda.

    Mamlakatdagi barcha kreativ kuchlarni, tadbirkorlar va boshlovchi-mutaxassislarni xalqaro reklama konferensiyasida qatnashishga va jonli efirda savollar berishga taklif etamiz.

    TAF! ANTI CRISIS 2020 festivali asosiy sanalari:

    Short-list elon qilinishi: 5-avgust

    Xalqaro reklama konferensiyasi: 5—7-avgust

    Taqdirlash marosimi: 7-avgust

    Festival haqida batafsil ma’lumot: http://tafest.uz/

    Tashkilotchilar va hamkorlar: O‘zbekiston Milliy marketing markazi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “Asaka” banki, Red Apple xalqaro reklama festivali.

    30.07.2020, 15:51   Izoh (0)   6110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologiya xizmatini moliyalashtirishga qariyb 200 mln dollar yo‘naltiriladi

    30.07.2020, 15:43

    O‘zbekistonda 1-sentabrdan pensiyalar 10 foizga oshiriladi

    30.07.2020, 15:28

    O‘zbekiston 2020-yil oxiriga qadar jalb etiladigan tashqi qarzlar chegarasini yana 1 mlrd dollarga oshirishi mumkin

    30.07.2020, 15:12

    O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida go‘sht eng arzon narxda sotilayotgani ma’lum qilindi

    30.07.2020, 14:27

    Davlat soliq qo‘mitasi “kunlik jarimalar rejasi” haqidagi xabarlarni rad etdi

    30.07.2020, 14:11

    Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi

    30.07.2020, 13:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20

    Tramp Eronga hujum sabab impichment bilan yuzlashishi mumkin

    Dunyo | 22 iyun, 11:55

    Fransiya klubi skauti Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

    Sport | 22 iyun, 11:51

    Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 11:18

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.