• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat soliq qo‘mitasi “kunlik jarimalar rejasi” haqidagi xabarlarni rad etdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda soliq organlari hisobot muddatlari va boshqa me’yorlarni buzgan tadbirkorlarni “kunlik jarimalar rejasi”dan kelib chiqqan holda jarimaga tortishni ko‘paytirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati “jarimalar rejasi” to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ma’muriy choralar hisobot taqdim etish va qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni to‘lash muddatlarini buzgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi”, — deyiladi xabarda.

    DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, Soliq kodeksining 111-moddasiga binoan bugungi kunda qo‘mita may oyi uchun QQS soliq deklaratsiyasini taqdim etmagan 3375 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatgan.

    Ta’kidlanishicha, 20-iyun dam olish kuniga (shanba) to‘g‘ri kelgani sabab, soliq majburiyatlarini bajarishning so‘nggi muddati — soliq hisobotini topshirish va may oyida budjetga QQS to‘lash — 22-iyunga (dushanba) qoldirilgan.

    “Shunga qaramay, 3000 dan ortiq faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotlarini taqdim etish va Soliq kodeksining 273-moddasida belgilangan soliqni to‘lash tartibini buzgan holda soliq majburiyatlarini bajarmagan”, — deyiladi xabarda.

    DSQning ta’kidlashicha, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi to‘g‘risida bildirishnomalar soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan, shuningdek, yuqorida keltirilgan sabablarni ko‘rsatgan holda ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish yuborilgan.

    May oyi bo‘yicha QQS va boshqa bir qator soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq deklaratsiyasini topshirishning barcha muddatlari tugaganligini hisobga olgan holda, Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini eslatib o‘tgan.

    “Soliq hisobotlari faqatgina Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchi deb e’tirof etilgan soliqlar bo‘yicha belgilangan muddatlarda taqdim etilishi kerak”, — deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga binoan foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilangan muddatda taqdim etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida bo‘lib o‘tgan majlisdan yozib olingani taxmin qilingan ovozli xabar tarqalgani va ovozning Olmazor tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi maxsus topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik Farrux Xolovga tegishli ekani haqida xabar berilgandi. Xolov o‘z bo‘ysunuvchilariga “plan”ni to‘ldirish uchun har kuni 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishga topshiriq bergan.

    Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa majburiy “plan” ish uslubidan butkul voz kechilganini ma’lum qilgan.

    30.07.2020, 14:11   Izoh (0)   19425
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi

    30.07.2020, 13:42

    O‘zbekiston Afg‘onistonda Qurbon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishladi

    30.07.2020, 13:37

    O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi

    30.07.2020, 13:25

    Oliy ta’lim vazirligi: “Kontrakt narxini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti”

    30.07.2020, 13:10

    Qashqadaryoda 20 mingta ehtiyojmand oilaga bir million so‘mdan naqd pul tarqatiladi

    30.07.2020, 12:49

    Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi

    30.07.2020, 12:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.