Vyetnamda yashovchi ayol 64 yil davomida sochini kestirmadi hamda ularni shampun bilan yuvmadi. Bu haqda Malayam Asiavillenews xabar berdi.
83 yoshli Nguyen Txi Dinx oxirgi marta 19 yoshida soch kestirgan. Ushbu holat unda kuchli bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lgan.
Dinxning ota-onasi qizni shifokorga olib borgan, biroq tayinlangan muolajalar unga yordam bermagan.
Shundan so‘ng ayol biron marta ham sochini kestirmagan hamda shampun bilan yuvmagan.
64 yil davomida ayolning sochi uzunligi olti metrga yetgan.
Izoh (0)