• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kadastr sohasi IT-texnologiyalarni joriy etish orqali raqamlashtiriladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyul, seshanba kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida qator muammolar to‘planib qolgan. Mamlakatda yer xatlovi oxirgi marta 40 yil oldin o‘tkazilgan. Masalan, 140 ta tuman ma’muriy chegaralari hozirgacha aniq emas. Qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish tartibi 20 yil oldin qabul qilingan va hozirgi islohotlar talabiga javob bermaydi. Bularning oqibatida sohada talon-torojlik va korrupsiya avj olgan. 66 ta tumanda 150 ming gektar ekin yeri o‘zboshimchalik bilan egallangani, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar bo‘lgani buning dalili.

    Shu bois tizimni isloh qilish boshlandi. Bugungi yig‘ilishda shu boradagi muhim masalalar muhokama qilindi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev kadastr idoralarining eng asosiy vazifasi yerning hisobi va balansini yuritish bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Yil yakuniga qadar yer turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlar jamlangan axborot tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Endi yer ajratish to‘g‘risidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi.

    Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga ko‘rsatma berildi. Bu esa kosmosuratlarni yillar bo‘yicha taqqoslash orqali hosildorlikni tahlil qilish, yerlarning meliorativ holatini muntazam o‘rganishda qo‘l keladi.

    Qishloq xo‘jaligini boshqarishni raqamlashtirish, kelgusi yildan yer balansi va uning hisobini Milliy geoaxborot tizimida yuritish zarurligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar qishloq xo‘jaligi maydonlarini elektron tanlov va auksion asosida ajratish tartibini joriy qilish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda yer toifalarini optimallashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuproq sifatini baholash, yerlarni rivojlantirish, ekinlarni joylashtirish bilan bog‘liq vazifalarini, shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazish taklifi bildirildi. Jahon bankidan ajratilayotgan 87 million dollar hisobidan mazkur institut faoliyatini rivojlantirish, laboratoriyalarini yangilash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yil yakunigacha 10 ming gektar yer maydonining tuproq tahlilini va agrotexnologik xaritalarini tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

    Qayd etilishicha, sohadagi yana bir kamchilik ba’zi turdagi kadastrlar to‘liq shakllanmagani hisoblanadi. Masalan, avtomobil yo‘llari kadastri 23 foiz, madaniy meros obyektlari 32 foiz, quvurlar 32 foiz, shaharsozlik kadastri 63 foiz shakllangan. Shu bois IT-texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bosh vazir maslahatchisiga ishchi guruh tuzib, kadastrlar bazasini to‘liq ishlab chiqish topshirildi.

    Yig‘ilishda shahar va qishloqlarda yerning haqiqiy qiymatini aniqlash hamda uning bozorini shakllantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev sohaning kadrlar salohiyati pastligi, “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimidagi 27 foiz xodimlar mutaxassisligi sohaga to‘g‘ri kelmasligini qayd etdi. Shu yo‘nalishda xorijiy oliy o‘quv yurti filialini tashkil qilish muhimligi, Italiyaning Piza universiteti hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish kerakligi ta’kidlandi.

    Eslatib o‘tamiz, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasida 10-iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi, 17-iyul kuni “Davyergeodezkadastr” tizimidagi yana 9 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.

    Ma’lumot uchun, Halilillo To‘raxo‘jayev 30-iyun kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimida ish boshlagan edi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda qurilish sohasi raqamlashtiriladi
    • O‘zbekistonda sud hokimiyati tizimi raqamlashtiriladi

    21.07.2020, 19:07   Izoh (0)   22570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi”ning kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abduazizov vafot etdi

    21.07.2020, 18:56

    Toshkent viloyatidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shifokor va hamshiralar ishga taklif qilinmoqda

    21.07.2020, 18:32

    Oliy sud: “Said-Abdulaziz Yusupov oqlangani yo‘q”

    21.07.2020, 18:08

    Qishloq xo‘jaligi vaziri uni sudga bergan Sulton Tex Group korxonasi atrofidagi vaziyatga izoh berdi

    21.07.2020, 17:37

    O‘zbekiston IIV YHXBB podpolkovnigi 51 yoshida vafot etdi

    21.07.2020, 17:26

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 165 kishiga ko‘payib, 17 755 nafarga yetdi

    21.07.2020, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Rossiyagacha yetib boradigan Typhon raketa tizimini sotib oladi

    Dunyo | 15 iyul, 16:05

    Indoneziyada 11 nafar odam dengizda 6 soat suzib tirik qoldi

    Dunyo | 15 iyul, 15:45

    Nega Amerikada o‘quvchilarning partadoshi yo‘q? AQSH va O‘zbekistondagi maktablarning o‘ziga xosligi

    Ilm-fan | 15 iyul, 15:37

    Harakatlanayotgan avtomashina ustida raqsga tushganlarga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 15 iyul, 15:30

    Germaniya aeroportida qandolat qutilariga yashirilgan 1 500 ta o‘rgimchak musodara qilindi

    Dunyo | 15 iyul, 15:20

    Eron terma jamoasi hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

    Sport | 15 iyul, 15:15

    Medvedev “Trampning dekorativ ultimatumi” Rossiyaga ahamiyatsiz ekanini aytdi

    Dunyo | 15 iyul, 15:10

    Toshkentdagi International mehmonxonasi Rossiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.