• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qishloq xo‘jaligi vaziri uni sudga bergan Sulton Tex Group korxonasi atrofidagi vaziyatga izoh berdi

    Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev uni va hukumatning boshqa a’zolarini sudga bergan Sulton Tex Group korxonasi atrofidagi vaziyatga izoh berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

    Qarshi tumanida paxta yetishtirish klasteri bilan shug‘ullanuvchi Sulton Tex Group xususiy korxonasi bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati va salohiyatini baholash bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi rahbari O‘ktam Barnoyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayevni sudga bergandi.

    Ular Vazirlar Mahkamasida 2020-yil 8-aprelda o‘tkazilgan yig‘ilishga Sulton Tex Group xususiy korxonasining qonuniy manfaatlarini buzadigan asoslantirilmagan ma’lumot taqdim etgan. Yig‘ilish bayonida korxonaga biriktirilgan paxta tozalash zavodining bino va inshootlarini qaytarish, korxonasining paxta to‘qimachilik klasteri faoliyatni to‘xtatish va o‘rnida fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasi tashkil etish to‘g‘risida qaror qilingan.

    Shuningdek, Sulton Tex Group’ga bank tomonidan paxta yetishtirish uchun kredit sifatida ajratilgan 5,6 milliard so‘mni g‘alla hosilini oziqlantirish va g‘alla o‘rish kombaynlarini ta’mirlashga yo‘naltirish bo‘yicha talab va majburiyatlar qo‘yilgan.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, 16-iyul kuni Qibray tumani ma’muriy sudida sudya Ahrorbek Eraliyev raisligida shu masala bo‘yicha eshituv bo‘lib o‘tdi. Korxonaning ijrochi direktori Nurbek Ergashev suddan yuqoridagi va boshqa mansabdor shaxslarning ba’zi harakatlarini noqonuniy deb e’lon qilishni so‘radi.

    Kompaniya avvalroq Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyevani sudga berib, shikoyatining qisman qanoatlantirilishiga erishgan edi. Biroq hokim raislik qiluvchi Xalq deputatlari tuman kengashi qarshi chiqdi. 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyat sudi hokimiyat va kooperatsiyaning apellyatsiya shikoyati va Qarshi tuman prokuraturasi protesti doirasida tuman sudi qarorini ko‘rib chiqishni boshladi.

    Mavzuga doir: Sulton Tex Group ishi bo‘yicha sud qarorini muhokama qilgan qarshilik deputatlar vaziyatga tayinli izoh berolmadi

    “Sulton Tex Group bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha nashrlar va jamoatchilik muhokamalarida asl mohiyat qisman buzilishini hisobga olib, ayniqsa, jamoatchilikning klasterlar, kooperatsiyalar mavzusi va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasidan xabardorligi yuqori emasligi sababli qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev bo bora bir qator izohlar berib o‘tdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Mavzuga doir: Qarshi tuman kengashi deputati: “Siz jurnalistlar noto‘g‘ri xabar tarqatib, hokimiyatga ishonchsizlik uyg‘otyapsiz”.

    Quyida u to‘lig‘icha keltirildi.

    “Yirik korxona manfaatlari alohida fermerlarning manfaatlari kabi muhimdir”

    Hozirda sud jarayoni davom etayotganini e’tiborga olib, men hodisa va tomonlarning harakatlariga baho bermayman. Bularning barchasini dalillarga asoslanadigan adolatli sudga havola etamiz. Lekin men ba’zi vaziyatlarga oydinlik kiritishni istardim, chunki shu vaqtgacha ommaviy axborot vositalarida faqat bir tomonning — 16 vakildan iborat vakolatli vazirliklar, muassasalar, davlat va banklardan tashkil topgan hukumat komissiyasining qaroriga e’tiroz bildirayotgan Qashqadaryo viloyatidagi yirik tadbirkorning pozitsiyasi aks etib keldi.

    Lekin avvalboshda ta’kidlab o‘tmoqchimanki, qishloq xo‘jaligi sohasining rahbari sifatida men uchun ilg‘or korxonalar — qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasi asosidir. Sulton Tex Group’ning zamonaviy ishlab chiqarish zanjirini yaratishdagi tajribasi va muvaffaqiyatlari, shubhasiz, e’tibor va hurmatga loyiq. Ammo ushbu voqea-hodisa davomida klaster tarkibiga kirgan yuzlab fermer xo‘jaliklarining ham manfaatlari va haq-huquqlari bor. Ularni ham tinglash lozim bo‘ladi. Nega deganda, bugungi kunda ko‘pchilik uchun “klaster” tushunchasi — mutlaqo yangi. Va afsuski, ishlab chiqarishning ushbu shaklidagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini himoya qiladigan yoki cheklaydigan me’yoriy-huquqiy baza mavjud emas. Biz ushbu va qishloq xo‘jaligidagi boshqa bir qator islohotlar ustida ishlamoqdamiz va mazkur sud ishi amaldagi klasterlar, korxonalar va fermer xo‘jaliklari uchun aniq muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

    Eng asosiysini aytsam: yirik paxta-to‘qimachilik sanoatining manfaatlari, klaster doirasida uning sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan alohida fermerlarning, qonuniy huquqlari singari, manfaatlari bilan muhim ahamiyatga ega.

    Klaster — ishlab chiqarishning murakkab shakllaridan biri. Biz uning takomillashgan ko‘rinishiga kelgunimizcha anchagina vaqt va izlanishlar talab etadi. Bu hokimiyat idoralariga ham, nafaqat ularning mehnatlari, yerlari va mahsulotlarini arzon ishchi kuchi va mavjud resurs sifatida ishlatishgagina emas, balki fermerlar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishi zarur bo‘lgan yirik sanoat korxonalarining o‘ziga ham bog‘liq.

    Nima uchun klaster formati tadbirkor uchun muhim va fermerlar esa ba’zi holatlarda o‘zlari kooperatsiya uyushmalar tuzishni istashadi?

    Jamoatchilik muhokamasining asosiy sababiga aylangan eng muhim narsani tushuntirib o‘tmoqchiman: komissiyaning “paxta to‘qimachilik klasteri sifatida ishlab chiqarishni to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi qarori nimani anglatadi?

    Bu shuni anglatadiki, ilgari “klaster”ning eksklyuziv imkoniyatlariga ega bo‘lgan korxona kelgusida erkin bozor sharoitida fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni teng huquqli ravishda barpo etish uchun avvalgi faoliyat shakliga qaytmoqda. Ya’ni korxona o‘z faoliyatini to‘xtatishi talab etilmaydi, uning asbob-uskunalari va xususiy ishlab chiqarish maydoni, shuningdek, ijara asosida korxonaga tegishli bo‘lgan yer maydoni olib qo‘yilmaydi — Sultan Tex Group’ning qariyb 2020 gektar maydoni bor, shundan 1460 gektarga yaqini paxta uchun ishlatiladi.

    Bularning barchasi korxonada qoladi. Faqat Sultan Tex Group’ning mustaqil fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro shartnomaviy munosabatlari, shuningdek, paxta xomashyosini yetishtirish uchun korxona tomonidan imtiyozli davlat kreditlarini olish shartlari o‘zgaradi.

    Muhokamalar ortida qolib ketayotgan muhim jihat bor: 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarorda ko‘zda tutilgan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 14,8 ming gektar yer, shu jumladan, 13,5 ming gektar fermerlik yer maydonida ishlab chiqarishning klasterli shakli joriy etilishi, bu barcha yerlar o‘sha paytda Sultan Tex Group xususiy korxonasiga berilganini anglatmaydi. Sultan Tex Group korxonasi, chindan ham, “klasterli ishlab chiqarish” formatida yuzlab mustaqil fermer xo‘jaliklari bazasida faoliyatini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu davlat bilan shaxsiy ijaraga berish shartnomasi shartlariga binoan ajratilgan qariyb 400 ta subyekt va 13,5 ming gektar yer maydoni edi. Lekin bu Sultan Tex Group korxonasining emas, balki fermerlarning yerlari va mehnatidir.

    Shu bois, gap kimdandir nimanidir tortib olish haqida ketayotgani yo‘q, bu fermer xo‘jaliklarini o‘zlarining qonuniy huquqlaridan o‘zlari foydalanishlari, kim bilan va qanday sharoitlarda ishlashlarini ta’minlash masalasidir.

    Menga bugungi kunda tadbirkorlar yuridik jihatdan puxta bilimga ega ekanilar, sudda va ommaviy axborot vositalarida o‘z pozitsiyalarini himoya qilayotganlari yoqadi. Yangi islohotlar doirasida biz hokimiyat organlari darajasida ham, resurs ta’minoti, xizmat ko‘rsatish va qayta ishlash korxonalari yirik klasterlari dadarasida adolatsizlikka duch keladigan fermerlarning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun bo‘yicha shunday salohiyatga ega sharoitlarni yaratamiz.

    Paxta va bug‘doy ko‘plab fermerlar uchun — almashlab ekishni ta’minlaydigan o‘zaro bog‘langan ekindir

    Qisqacha tushuntirib o‘taman, bizning mamlakatimizdagi yerlar o‘nlab yillar davomida fermerlarga paxta va shu bilan birga, bug‘doy — almashlab ekishni ta’minlaydigan ikkita asosiy ekin uchun berilgan edi. Fermerlar ushbu ekinlarni har yili navbati bilan ekadilar, ammo paxta-to‘qimachilik klasteri, tabiiyki, paxtadan boshqa ekinlarni yetishtirishdan manfaatdor emas. Kredit shartlari va, ehtimolki, biznes qonunlari nuqtayi nazaridan, klasterli ishlab chiqarishning tashkilotchisi haq. Ammo vaziyatning rivojlanishi ko‘rsatib turibdiki, klasterning fermerlar bilan — yerlari va mehnatidan o‘z biznesi uchun qulay shart-sharoitda foydalanadigan odamlar bilan munosabatlarda moslashuvchanligidek muhim masala mavjud.

    Yuqorida aytib o‘tganimdek, klaster haqida gap ketganda, barcha kreditlar, imtiyozlar, subsidiyalar ushbu klasterlardagi alohida fermer xo‘jaliklariga emas, balki bevosita klasterlarga tushadi. Sultan Tex Group bu yil 118,2 mlrd so‘m oldi, shundan 11,3 mlrd so‘m bank tomonidan bevosita klasterning ehtiyojlari uchun, mablag‘ning katta qismi — 106,9 mlrd so‘m bazasida klaster paxta xomashyosiga ega bo‘ladigan fermer xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun ajratildi. Shoshilinch ravishda bug‘doy yetishtirish uchun qo‘shimcha o‘g‘itlarga ehtiyoj sezgan fermerlar klasterga murojaat qilishdi. Uzoq yillar qishloq xo‘jaligi faoliyati davomida ular har doim paxta va bug‘doy hosillari o‘rtasida mablag‘larni qayta taqsimlashda muvozanat saqlashgan. Aytish kerakki, ular har doim paxtadan yuqori daromad olishmaydi. Bug‘doy hosildorligi yuqori bo‘lgan holda, fermerlar sezilarli foyda ko‘radilar, paxta budjetidan sarflangan mablag‘larni qoplaydilar va agrotexnika ishlariga, shu jumladan, paxta yetishtirish va terishga jalb etilgan ishchilarni moliyaviy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladilar.

    Yaxshi hosil olish uchun fermerlarga mineral o‘g‘itlar, aniqrog‘i, ular uchun mablag‘ kerak edi. O‘z mablag‘lari yetishmayotgani tufayli fermerlar amaliy yordam uchun klasterga murojaat qilishdi. Pul hosildan foyda kelguniga qadar, vaqtinchalikka so‘raldi. Lekin klaster ularga rad javobini berdi. Mahalliy ma’muriyat ushbu tumandagi korxonalar faoliyatini, qolaversa, davlat fondidan korxonani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanishini muvofiqlashtiruvchi davlatning vakili sifatida, shuningdek, fermerlarning iltimosiga binoan klaster bilan muloqotga kirishdi. Ustiga ustak, klasterning o‘zi fermerlar oldida 7 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlikka ega. Ammo klaster befarq bo‘lib qolaverdi. Natijada, mahalliy ma’muriyat ushbu holatni o‘z hisobotida klasterga qarshi da’volar nuqtayi nazaridan biri sifatida aks ettirdi va uni yuqorida eslatib o‘tilgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati va salohiyatini baholash bo‘yicha Respublika Ishchi guruhining sud jarayoni doirasida ko‘rib chiqishga taqdim etdi.

    Ammo parallel ravishda, ushbu vaqtda ular uchun muhim davrda klaster tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan fermerlar kelgusida korxonadan mablag‘ so‘rashga majbur bo‘lmasliklari uchun birgalikda ketishga va kooperatsiyaga birlashishga qaror qildilar hamda katta xatarlar bilan bog‘liq o‘zlarining qishloq xo‘jaligi faoliyati barqarorligini ta’minlab, kredit, imtiyoz olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Bu klaster faoliyati to‘xtatilishining sabablaridan biri bo‘ldi. Chunki bu klaster fermerlar va ularning yerlarini jalb qilmasdan rejalashtirilgan miqyosda va sur’atda bilan rivojlana olmaydi.

    Nega ba’zi fermerlar kooperatsiya tashkil etish orqali klasterdan ajralib chiqishni xohlashadi?

    Kooperatsiya yaratish holatida fermerlar qayta ishlash korxonasi bilan erkin bozor munosabatlarini o‘rnatishi mumkin. Fermerlar oxir-oqibat tovarlari tannarxini belgilaydigan o‘z xarajatlarini nazorat qilishadi. Narxlar bir tomonlama ravishda faqat yirik korxona tomonidan emas, erkin bozor sharoitida shakllantiriladi. Shunda fermerlar aynan o‘z fermer xo‘jaliklari uchun katta foyda bilan mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Davlat tomonidan ajratiladigan imtiyozli mablag‘larni ushbu fermer xo‘jaliklari kooperatiyalar tarkibiga kirgan holda o‘z hisoblariga olib, mustaqil ravishda sarflashlari mumkin.

    Shuningdek, kooperatsiya tarkibida fermerlar o‘z mahsulotlarini birja orqali bozor narxlarida sotish, sof foydani esa o‘zaro taqsimlash imkoniyatlarini ko‘rishadi.

    Eng asosiysi, ishlab chiqarishni tashkil etishning kooperativ shakli ushbu tumanda faoliyat yurituvchi xo‘jaliklarning ixtiyoriy birlashmasi asosida joriy etiladi. “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasiga binoan, Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida birlashishi, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirishi mumkin.

    Nega tadbirkor uchun klaster sifatida faoliyat yuritish manfaatli?

    Klaster shakli yirik korxonaga bir necha ming gektar fermerlik yer maydonlari ko‘lamida korxona uchun imtiyozli shartlarda faoliyat yuritish imkonini beradi.

    Davlat tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar to‘g‘ridan to‘g‘ri paxta yetishtiradigan fermerlar tomonidan emas, balki bevosita klaster tomonidan ham olinadi, klaster keyinchalik ushbu mablag‘larni moddiy-texnik resurslarni sotib olishga yo‘naltirishi, shuningdek, mablag‘larni o‘z ixtiyoriga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlashi mumkin.

    Korxonaning o‘zi fermerlarga resurslar va xizmatlar narxini belgilaydi. Bunday vaziyatdan hamma fermer xo‘jaliklari ham qoniqmaydi. Fermerlarning so‘zlariga ko‘ra, garchi fermerlarning o‘z texnikalari yoki narxlari ancha qulay bo‘lgan boshqa takliflari bo‘lsa ham, ular ko‘pincha yig‘im-terim uchun klasterning qishloq xo‘jalik texnikalarini ijaraga olishga va foydalanishga majbur bo‘ladilar. Bundan kelib chiqadiki, klaster fermerning yeridan, mehnatidan foydalanadi va shu bilan birga, fermer o‘z mahsulotini klasterga belgilangan narxda sotishga, har doim ham zarur bo‘lmagan asbob-uskunalar ijarasi uchun to‘lov qilishga va resurslarni sotib olayotganda boshqa ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirishga majbur bo‘ladi.

    Bunday hollarda, fermer biror narsani o‘zgartirishga, klasterning komfort zonasini tark etishga va birinchi navbatda o‘zi uchun manfaatli sharoitlarni topishga qaror qilganda, muvozanat buziladi.

    Vaziyat klasterlar ichida fermerlarga adolatli munosabat qanchalik muhimligini ko‘rsatdi?

    Sultan Tex Group klasteridagi yuzaga kelgan holat ko‘plab boshqa korxonalarga, birinchi navbatda, o‘z klasterlari ichida fermerlar bilan adolatli bozor munosabatlarini o‘rnatish zarurligini ko‘rsatmoqda. Endi fermerlar uchun tanlov, muqobil bor. Yirik korxonalar fermer xo‘jaliklarining manfaatini hisobga olishi va qo‘llab-quvvatlashi, ularga arzon narxlarda agrotexnika xizmatlarini taklif qilishi kerak. Shundagina, boshqa mintaqalar misolida ko‘rish mumkin bo‘lgandek, klasterlar fermerlar uchun chindan ham ko‘ngildagidek hamkorlik shakli bo‘ladi. Va fermerlarda ularning tarkibidan chiqish istagi paydo bo‘lmaydi.

    Sultan Tex Group ishini ko‘rish fonida paydo bo‘lgan muammolar — asosli. Bir necha o‘n yillar davomida davlat, korxonalar va fermer xo‘jaliklari yer va hosildan foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar va qarashlarga ega edi. Qayta qurish hamma uchun ham oson emas. Hatto hammaga Sultan Tex Group’ga bosim o‘tkazish sifatida taqdim etilayotgan 5,6 milliard so‘mga oid masalani, agar unga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos jihatlari nuqtayi nazaridan qaralsa, boshqacha tarzda ko‘rilishi va tushunilishi mumkin. Batafsil tushuntirib o‘taman.

    Faoliyati korxonalar va fermerlar o‘rtasida imtiyozlarni adolatli taqsimlash tamoyillariga asoslangan klasterlar, shuningdek, davlatning aniq qo‘llab-quvvatlovchi roli — qishloq xo‘jaligimizning kelajagidir.

    Sultan Tex Group kooperatsiya tarkibida rivojlanish salohiyatiga ega, biroq fermerlar bilan tenghuquqli asosda

    Klasterni chiqarib tashlash bilan bog‘liq vaziyat bugungi kunda 90 dan ortiq paxtachilik klasterlari faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun katta yo‘qotish hisoblanadi. Bizni, avvalo, hududda mana shunday yirik zamonaviy klasterni faoliyat yuritishi qiziqtiradi. Lekin biz fermerlarni majburlab ushlab qololmaymiz. Bu ularning tanlovi va “ishlab chiqarish zanjiridan” chiqish va kooperatsiyaga birlashish huquqidir.

    Ammo bularning barchasi Sultan Tex Group uchun barcha yo‘llar va iqtiqbollar yopiq degani emas. Tadbirkor fermerlar bilan tenghuquqli ravishda kooperatsiya tarkibida rivojlanish uchun katta imkoinyatga ega. Ya’ni fermerlar uchun manfaatli va ma’qul keladigan narxlarda paxta tolasi va chigitni sotib olishi va ular bilan erkin bozor munosabatlarini o‘rnatishi mumkin. Bu paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishida yigiruv, trikotaj, tikuv fabrika va boshqa zavodlarini kelgusida muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.

    Fermerlar esa o‘z navbatida 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan huquq va imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi mumkin.

    Shuningdek, xuddi shu bozor sharoitlarida Sulton Tex Group paxtani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni davom ettirishi va fermerlarga shartnoma asosida agrotexnika xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.

    So‘zimning yakunida aytmoqchimanki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi doimo fermer xo‘jaliklari va yirik tadbirkorlarga teng sharoitlarda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor.

    Hukumatimiz tomonidan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda. Hozirgi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligida barcha klasterlarning ishini shaffof baholash tizimi bo‘yicha ish olib borilmoqda va klaster bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi ushbu vaziyat bir qator muhim omillarni hisobga olish imkonini beradi.

    Mavzuga doir: 

    • Qashqadaryoda Prezident ishonch bildirgan klasterni tugatish uchun fermerlar bo‘sh shartnomaga muhr bosib, imzo qo‘yishga majburlanmoqda
    • Qashqadaryoda fermerlarni shartnoma tuzishga majburlayotgan tashkilot kooperatsiya bo‘lolmasligi aytildi
    • Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari sudda klaster faoliyati to‘xtatilishini klaster rahbarining selektorda qatnashmasligi, hokim telefoniga javob bermasligi bilan izohladi
    • Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva: “Aripovdek quyushqondan chiqadi deb o‘ylasangiz, menda bunday bo‘lmaydi”
    • “Klaster mulkini Qarshi tumanida qoldirish masalasi muhokama qilindi”. Hokim boshchiligidagi deputatlar tadbirkor mulkini tortib olishni ham maqsad qilganmidi?

    21.07.2020, 17:37   Izoh (0)   49137
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston IIV YHXBB podpolkovnigi 51 yoshida vafot etdi

    21.07.2020, 17:26

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 165 kishiga ko‘payib, 17 755 nafarga yetdi

    21.07.2020, 17:13

    O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda loukoster yaratish masalasini muhokama qilmoqda

    21.07.2020, 17:08

    Toshkentda koronavirusga chalingan 68 yoshli ayol vafot etdi

    21.07.2020, 17:04

    Akademik Sattor Tursunmuhammedov vafot etdi

    21.07.2020, 16:55

    Shuhrat Abdurahmonov: Andijonda 9 mlrd so‘mlik dori-darmon zaxirasi yaratilgan

    21.07.2020, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.