Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino “Yuventus”da Mauritsio Sarrining o‘rnini egallashi mumkin, deya xabar qilmoqda Daily Mail.
Ta’kidlanishicha, turinliklar rahbariyati Sarrining ishidan norozi. Klub Pochettinoning vakillari bilan norasmiy muzokaralar o‘tkazgan. Argentinalik mutaxassis “Yuventus”da ish boshlashga tayyor ekanini bildirgan.
Pochettinoning so‘nggi jamoasi “Tottenhem” bo‘lgandi. U 2019-yilning noyabrida “shporlar” boshqaruvini tark etgan va uning o‘rnini Joze Mourinyo egallagandi.
Avvalroq Pochettinoga “Nyukasl” va “Inter”dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Ayrim ispan OAV mutaxassis qishda “Barselona” taklifini rad etganini xabar qilgandi. Shuningdek u yaqinda “Monako”ning taklifiga rad javobini bergan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)