Boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer Tokiodagi ko‘rgazmali jangda yaponiyalik Takashi Uchiyamaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda eFight xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Uchiyama nomzodini Rizin’ning (promouterlik kompaniyasi) reklama bo‘yicha rahbari Nobuyuki Sakakibara tasdiqlagan. Jang ham aynan ushbu tashkilot tomonidan tashkillashtiriladi.
Ma’lumot uchun, 40 yoshli Takashi Uchiyama (24-2-1, 20 KO) yengil vazn toifasida sobiq Jahon chempioni sanaladi. U o‘zining so‘nggi janglarini 2016-yilda o‘tkazib, ikki marotaba panamalik Hesril Korralesga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Flold Meyvezer esa professional faoliyati davomida 50 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba (27 nokaut) qozongan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)