Turinning “Yuventus” klubi A Seriyaning 34-turida “Latsio”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
“Yuventus” shu tariqa Italiya chempionatining ketma-ket 11-uchrashuvida 2 yoki undan ko‘proq gol urmoqda. Bu klub rekordi hisoblanadi.
Jamoa so‘nggi marta 2020-yilning 8-fevral sanasida “Verona”ga qarshi uchrashuvda (1:2) 2 ta gol ura olmagan.
Krishtianu Ronalduning “Yuventus” safidagi dastlabki 50 ta golini tomosha qiling (video)
“Yuventus” tomonidan darvozasi ikki va undan ko‘proq marta ishg‘ol etgan jamoalar:
“Breshiya” — 2:0 (uyda);
SPAL — 2:1 (mehmonda);
“Inter” — 2:0 (uyda);
“Boloniya” — 2:0 (mehmonda);
“Lechche” — 4:0 (uyda);
“Jenoa” — 3:1 (mehmonda);
“Torino” — 4:1 (uyda);
“Milan” — 2:4 (mehmonda);
“Atalanta” — 2:2 (uyda);
“Sassuolo” — 3:3 (mehmonda);
“Latsio” — 2:1 (uyda).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)