Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni erta tongdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan har qanday xarajat ustuvor ravishda pandemiyaga qarshi kurash tadbirlariga qaratilishi shartligini qayd etib o‘tgan. “Bundan muhim xarajatlar bo‘lishi mumkin emas”, — deya ta’kidlagan Prezident.
Ta’kidlanishicha, endi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shahar va tuman xokimlari 24 soat davomida har bir kasalxonadagi vaziyatni jilovlab turishga mas’ul hisoblanadi hamda ularni uzluksiz va muammosiz ishlashiga sharoit yaratib berishiga javobgar deb belgilandi.
Barcha sektor rahbarlari ish kunini ertalabdan o‘z hududlarida kasalxonalardagi ahvolni o‘rganish bilan boshlashi qat’iyan belgilandi. “Har bir rahbar bugungi kunda fuqarolarimizning sog‘ligini saqlab qolishdan muhim vazifasi yo‘qligini anglashi shart”, — degan Prezident.
Mavzuga doir:
Izoh (0)