O‘zbekistonda 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 214 kishiga ko‘payib, mamlakatda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 16 966 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 34 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
- 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 32 nafari Andijon viloyatida;
- 26 nafari Namangan viloyatida;
- 21 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 9 nafari Jizzax viloyatida;
- 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh (0)