• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zmetkombinat” metall parchalarini tayyorlash bo‘yicha monopoliyasi bekor qilinishiga qarshi chiqqandi. Monopoliyaga qarshi qo‘mita unga javob qaytardi

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar, individual soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni bekor qilish ko‘zda tutilgan hujjat loyihasini tayyorlab, muhokamaga qo‘ygan edi.

    Loyihada “O‘zmetkombinat”ning qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) bo‘yicha monopsoniyasini (mutlaq sotib oluvchining huquqi) bekor qilish ham taklif etilgan.

    Foto: Stroy-res.ru

    Foto: Stroy-res.ru

    “O‘zmetkombinat” bunga nima deydi?

    Loyihaning o‘zi bo‘yicha munozaralarda bir nechta sharhlar qoldirilgan, korxona saytida esa “O‘zmetkombinat” munosabati ham e’lon qilingan.

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan ushbu hujjat loyihasiga yozilgan sharhda qo‘mitaning bu tashabbusi sohani markazlashtirilgan tartibga solish tizimining butunlay yo‘q qilinishiga, yashirin iqtisodiyotning o‘sishiga olib kelishiga olib keladi va keyinchalik mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.

    “Ayni paytda lom tayyorlash bo‘yicha monopoliyani bekor qilib bo‘lmaydi. ‘O‘zmetkombinat’ AJ yiliga 1 million tonna metall mahsulotlari ishlab chiqaradi. Bunda mamlakatda yig‘iladigan lom miqdori 700 tonnadan oshmaydi, qolgan qismini kombinat import qiladi, ya’ni ushbu tashabbus kombinatni ‘o‘ldiradi’, — deyiladi izohlardan birida.

    “O‘zmetkombinat” saytida e’lon qilingan maqolada sohadagi vaziyat, korxonaning so‘nggi yutuqlari va qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini tayyorlab beruvchi maqomining bekor qilinishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi batafsil bayon etilgan.

    “O‘zbekistonda lom tayyorlashdagi monopoliya huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror mahalliy metallurgiya sanoati uchun halokatli va uni yo‘q qilishga qaratilgan. Ushbu tashabbusning asl maqsadi noaniq bo‘lib qolmoqda, sababi ushbu tashabbus ortidan mamlakatimizning metallurgiya sanoati uchun salbiy oqibatlar kutilmoqda. Monopoliyani bekor qilinishi sanoatning joriy rivojlanish sur‘ati uchun yetishmayotgan metallurgiya xomashyosi va metall buyumlar importini qisqartirish masalasini hal qilmaydi”, — deyiladi maqolada.

    Kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, monopoliyaning bekor qilinishi:

    • kombinat tomonidan importining yiliga 186 foizga;
    • xarajatlarning 197 milliondan 367 million dollargacha ortishiga;
    • budjetga ajratmalar amaldagi 77,991 milliard so‘m, ya’ni 100 foizga kamayishiga;
    • joriy 189,944 milliard so‘m miqdoridagi sof foydaning 566,003 milliard so‘m miqdorida zararga o‘tishiga;
    • kombinat rentabelligi 5,1 foizdan -12,0 foizacha tushishiga olib keladi.
    “Shunday qilib, monopoliyani bekor qilish tashabbusi zavodning bankrot bo‘lishiga olib keladi, bu esa 120 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Bekobod shahri uchun o‘ta xatarli holatdir”, — deyiladi maqolada.

    Shuningdek, kombinat Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning ushbu tashabbusini puxta o‘ylanmagan va shoshilinch deb atadi va bu respublikaga bir necha milliard dollar miqdorida zarar etkazishini ta’kidladi.

    Qo‘mita javobi

    Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu loyiha yuzasidan “O‘zmetkombinat” munosabatiga batafsil jabob qaytardi.

    Xususan, “O‘zmetkombinat” monopol huquqqa ega bo‘lsa ham bugungi kunda uzog‘i bilan 600-700 tonna metall parchalarini ishlab chiqarishi bu esa kombinat ehtiyojlarining 50-60 fozini qoplashi, shu sababli xomashyoning qolgan qismini chet eldan import qilishga to‘gri kelishi aytilgan.

    Qo‘mitaning ta’kidlashicha, bu esa o‘z o‘rnida lom va yarim tayyor mahsulotlarni yetkazib beruvchilar orasida narxlarning ko‘tarilishiga imkon yaratadi. Masalan, 2020-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zmetkombinat” tomonidan import qilingan lomlarning o‘rtacha narxi boshqa metall ishlab chiqaruvchilar tomonidan xuddi shu TN VED kodi bo‘yicha olib kiriladigan hurda narxidan 1,3 baravar yuqori bo‘lmoqda.

    “O‘zmetkombinat” hech qachon soliq imtiyoziga ega bo‘lmagani ma’lum qilingandi. Qo‘mitaning bildirishicha, “O‘zmetkombinat” yillar davomida davlat monopoliyasi hisoblanib, bir necha bor imtiyozar va preferensiyalarga ega bo‘lgan va ularning hajmi budjetdan bir necha baravar ko‘p degani.

    “O‘zmetkombinat” davlatning qora metall parchalarini sotib olishga monopol huquqi bo‘yicha davlat ko‘magiga tayangan holda, yana bir ko‘lamli loyiha — “Toshkent metallurgiya zavodi” uchun xomashyo ta’minotchisi bo‘lishi ko‘zda tutilayotgan “Quyma va prokat sexi qurilishi” yirik loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqanini eslatib o‘tgandi.

    “Yangi loyihalari, shubhasiz, yurtimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Boisi, import o‘rnini bosa oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish uchun imkon yaratadi. Mazkur, loyihaning yo‘lga qo‘yish natijasida, qo‘pol qilib aytganda ‘O‘zmetkombinat’ aksiyadorlik jamiyatining xomashyosiga bo‘lgan talab 2 million tonnadan oshishi kutilmoqda.

    Bugungi kunda metall parchalarini ishlab chiqarish hajmi (600-700 tonna) bo‘lgan taqdirda ham hech qanday holatda kompaniyaning zarur xomashyoga bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmaydi va natijada mahsulot importi deyarli ikki baravarga oshishi kutilmoqda.

    Shunday qilib, ushbu loyihani amalga oshirish dastlab import uchun mo‘ljallangan xomashyolarga qaratilgan edi va u ‘qora metall parchalarini tayyorlash uchun monopol huquqini berish uchun davlat yordamiga tayanib’ amalga oshirildi, deyish umuman noto‘g‘ri hisoblanadi”, — deyiladi qo‘mita javobida.

    Metall parchalarining hajmini qora bozorga yo‘naltirish to‘g‘risidagi pessimistik bashoratlarga kelsak, qo‘mita bunday xulosalar qilishga juda erta ekanligini ta’kidlab buning bir necha sabablarini keltirib o‘tgan.

    “Birinchidan, har qanday korxonalar, shu jumladan, davlat korxonalari ham, o‘z daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdor va hatto o‘z ehtiyojlari uchun qayta ishlashni hamda ishlash hajmining o‘sishini hisobga olgan holda, korxonalarga qo‘shimcha daromad keltirgan holda talab qilinmagan hajmni sotadilar. Agar o‘z ehtiyojlarini hisobga olmasdan, e’tiborni faqat sotib olish narxlariga qaratib, metall parchalarini yagona sotuvchiga o‘tkazsa, ‘O‘zmetkombinat’ aksiyadorlik jamiyati uchun korxonalar o‘z foydalarining bir qismini yo‘qotishi mumkin. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilmoqda: Nima uchun ‘O‘zmetkombinat’ aksiyadorlik jamiyati boshqa korxonalarning yo‘qotgan foydasi hisobiga omon qolishi kerak?

    Ikkinchidan, metall parchalari bo‘lgan durdaning savdo aylanmasida o‘rnatilgan cheklovlar tufayli ehtimol “qora bozor aylanmasi” paydo bo‘lgan. O‘rnatilgan to‘siqlardan xalos qilib va mavjud imkoniyatlarni xususiy tadbirkorlarga qonuniylashtirish – bu haqiqiy metall parchalari bozorini yaratish va xaridlarni ko‘paytirishning yagona to‘g‘ri yo‘li hisoblanadi.

    Uchinchidan, qurilish metall buyumlarini ishlab chiqarishda maxsus induksion o‘choqlardan foydalanishni taqiqlash bu bozorning 40 tadan ortiq subyektlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi”, — deya izoh berilgan qo‘mita javobida.

    “Shunday qilib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ‘O‘zmetkombinat’ aksiyadorlik jamiyatining mutlaq huquqlarini bekor qilish to‘g‘risidagi taklif qilingan loyihasi korxonani bankrot qilish va uni zarur xomashyolardan mahrum qilishni maqsad qilmagan. Uning maqsadi, savdo bozorida barcha uchun teng raqobat muhitini yaratish, ‘sun’iy to‘siqlarni’ olib tashlash, qora metall parchalarini samarali xarid qilishni yo‘lga qo‘yish va mahsulotlar savdo bozorini ‘inkor etish’, shunday qilib, metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zarur xomashyo bilan shaffof ta’minlashni joriy etish va bozor iqtisodiyoti qonunlariga muvofiq metall buyumlar savdosini yo‘lga qo‘yishga majbur qilish”, — deya yakunlangan qo‘mita o‘z maqolasida.

    20.07.2020, 16:05   Izoh (0)   26262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i 51 yoshida vafot etdi

    20.07.2020, 15:10

    Toshkentda taksi narxlari oshirilishi yuzasidan reyd o‘tkazildi

    20.07.2020, 14:51

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi hafta ko‘tarildi

    20.07.2020, 14:21

    Toshkentda o‘zini Prezident administratsiyasi xodimi sifatida tanishtirib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi (video)

    20.07.2020, 13:57

    Yunusobodning Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘l qurilishi qachon yakunlanadi? (video)

    20.07.2020, 13:45

    “Toshkentda yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak”. Deputat hududlarni ikkinchi to‘lqinga tayyorlash choralarini taklif etdi

    20.07.2020, 13:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.