“Barselona” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal 9 yil deganda ilk bor chempionlik medaliga ega chiqolmadi.
“Barselona” La Liga 2019/20-yilgi mavsumida chempionlikni Madridning “Real” klubiga boy berib qo‘ydi. Shu tariqa 33 yoshli chililik futbolchining o‘ziga xos seriyasiga yakun yasaldi. Vidal 2011-yildan buyon o‘zi ishtirok etgan klub safida milliy liga chempionligini qo‘lga kiritib kelayotgandi.
Arturo “Yuventus” bilan to‘rt marta (2012, 2013, 2014 va 2015-yillar), “Bavariya” bilan uch bora (2016, 2017, 2018) va “Barselona”da bilan bir marta (2019) chempionlikni nishonlagan.
Vidal La Liga joriy mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)