Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qatarning “As-Sadd” klubi ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kasrola transferini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Avvalroq 35 yoshli futbolchi “Vilyarreal” safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib, klub va muxlislar bilan xayrlashgandi.

Kasorla faoliyatini Ispaniya termasidagi sobiq jamoadoshi Xavi boshqaruvidagi “As-Sadd”da davom ettirishni xohlagan.

“Biz Santi Kasorla bilan kelishuvga erishdik. Yaqin orada u qolgan rasmiyatchiliklarni yakunlash va jamoaga qo‘shilish uchun Dohaga yetib keladi.

“As-Sadd”ga xush kelibsan, Santi!”, — deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, professional faoliyatini “Vilyarreal”da boshlagan Kasorla keyinchalik “Malaga”dagi o‘yinlari orqali tanildi va “Arsenal”ga yo‘l oldi. Londonda uni surunkali jarohatlar ta’qib qildi va futbolchi ikki yildan oshiq vaqtni maydondan tashqarida o‘tkazdi. 2018-yilda Kasorla “Vilyarreal”ga qaytdi va ikki mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi