• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ilk yadro qurollari sinovi o‘tkazilganiga 75 yil to‘ldi. “Tolibon”ning ichki nizolari va Netanyaxuning katta mag‘lubiyati. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

    “Tolibon” kuchlari orasidagi nizo sabablari

    The Washington Post nashrining yozishicha, “Tolibon” harakatining yetakchilari Afg‘onistonning kelajagi haqida bahs munozaraga kirishgan. “Tolibon” yetakchilarining xavotiri nimalardan iborat? Xavotirlar asosan siyosiy kelishuvlar atrofida kechmoqda va agarda ular Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tiradigan bo‘lsa, kelishuv yo‘lini istamayotgan guruhlar boshqa bir siyosiy kuchlarga qo‘shilib ketishi mumkin.

    Foto: The Washington Post

    Doha va Kobulda o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida tolibonchilar rahbariyati inson huquqlari, demokratiya va hokimiyatlarning bo‘linishi borasida rasmiy Kobul hukumati bilan ancha bosiq muzokara o‘tkazgan. Shunga qaramasdan, Afg‘onistonning shimolini nazorat qilayotgan “Tolibon” qo‘mondonlari va jangarilari muzokaralar stoliga o‘tirmaslik va jangni oxirigacha olib borish bilan tahdid qilmoqda.

    Urushdan keyingi Afg‘onistonda hozirda ancha qaltis siyosiy vaziyat yuzaga kelgan va bu qaltislik “Tolibon” harakati a’zolari o‘rtasidagi siyosiy tutum, rasmiy hukumat bilan tinchlik muzokaralari olib borilishi yuzasidan ancha jiddiy tus olgan. Siyosiy tahlilchilar nazarida rasmiy hukumat “Tolibon”lar bilan tinchlik bitimiga erishgan taqdirda ham Afg‘onistonda rasmiy hukumat va “Tolibon” o‘rtasida urush davom etishi mumkin.

    Iyul oyining boshlarida The Washington Post jurnalistlari “Tolibon”lar kuzatuvida Afg‘onistonning Pokiston bilan chegaradosh Qonar viloyatining Maravara shahriga mahalliy aholi bilan suhbat uyushtirish uchun tashrif  buyuradi. Maravara shahri esa to‘qqiz yildan beri “Tolibon” harakatining eng mustahkam hududlaridan biri sanaladi.

    Maravaradagi sog‘liqni saqlash tizimi, maktablar uchun rasmiy hukumat pul ajratadi, garchi hudud butunlay “Tolibon” harakati qo‘l ostidagi hudud bo‘lsa ham. Maravara Afg‘onistonning eng qashshoq hududlaridan biri va bu yerda yoshlar orasida ishsizlik avjiga chiqqan. Aholi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Bu hududdagi “Tolibon”chilar hamon AQShga nisbatan adovat bilan qaraydi. AQSh Afg‘onistondagi harbiy kontingentini kamaytirishga harakat qilar ekan, bu “Tolibonchi”larning nazarida Afg‘onistondagi mavjud siyosiy hokimiyatni qo‘lga olishga umid ham beradi.

    Maravara shahri.

    Maravara shahri.
    Foto: The Washington Post

    Jurnalistlar savollariga javob bergan Yasar ismli bir jangari “siyosiy hokimiyatni bo‘lib olish mumkinmasligi, Islom davlatida bo‘lingan hukumatni tasavvur qila olmasligini va agarda Dohadagi “Tolibon” yetakchilari muzokaralar boshlagudek bo‘lsa, hukumat bilan mustaqil holda kurashishga o‘tishini ma’lum qildi.

    O‘n yildan ortiq vaqt davomida AQSh hukumati va “Tolibon” harakati yetakchilari ba’zida rasmiy, ba’zida norasmiy muzokaralar olib bordi. Muzokaralar natijasida “Tolibon”chilar harakatning birdamligiga putur yetmasligi uchun qo‘mondonlikni saqlab qolish masalasida yon bermay keldi. “Tolibon” harakati afg‘on hukumati bilan inson huquqlari, erkinliklari va demokratiya borasida muzokaralarda yon berishi uchun hali ko‘p muzokaralar o‘tkazilishi kerak.

    Mashmashalarning bosh nishoniga aylangan Netanyaxu

    Isroil hukumati tepasida 1967-yildagi olti kunlik urushdan beri to‘qqiz  nafar erkak va bir nafar ayol siyosatchi kelib ketdi. Bu siyosatchilarning barcha Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini bosib olish o‘ta katta tavakkalchilik ekaniga amin bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan Isroil hukumati Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida 400 mingdan ko‘proq yahudiylar uchun manzilgohlar qurdi va bu uch million falastinlik istiqomat qiladigan hududdaligi ahamiyatga molik.

    Prezident Trampning kuyovi Jared Kushner Isroil—Falastin nizosining tinch yo‘l bilan hal qilinishi borasida falastinliklarning g‘ururlariga tegadigan loyihasini taqdim qildi. Isroil matbuotida esa hukumat Iordan daryosining  g‘arbiy qirg‘og‘ini bosib olishga tayyorlanyotgani haqida bir qator maqolalar chop etildi.

    Koronavirus bilan ovora bo‘lib qolgan, o‘z yog‘ida qovurilib yotgan AQSh ichki muammolar girdobiga sho‘ng‘ib ketdi-yu, janob Netanyaxuning rejalari amalga oshmaydigan bo‘ldi. Nega? Isroil harbiy qo‘shinlari qo‘mondonligidagi yuqori martabali harbiy Iordanning g‘arbiy qirg‘og‘ini bosib olish uchun hali sharoit yo‘qligini ochiqladi.

    Foto: Google Photos

    Anneksiya uchun, eng avvalo, Vashingtonning “yashil chirog‘i” kerak. Hozircha Donald Tramp Isroil haqida qayg‘uradigan holatda emas. Ehtimol, saylovlarga yaqin qolganda amerikalik yahudiylarning ovozlariga erishish uchun Iordan daryosi masalasini yana shior qilib olar.

    Basharti, Tramp Isroilga “yashil chiroq” bergan taqdirda ham bosh vazir Binyamin Netanyaxu mamlakat ichkarisidagi bir qator to‘siqlarga duch keladi va  bu esa janob bosh vazirning ko‘p yillar mobaynida diliga tugib kelgan maqsadlarini amalga oshirishdagi g‘ov bo‘ladi.

    To‘siqlar nimalarda ko‘zga tashlanadi? Avvalo, hozirda mamlakat koronavirus pandemiyasi bilan kurashmoqda. Karantin sharoitida yashayotgan isroilliklar esa hozir anneksiya haqida emas, ko‘proq hayot kechirish uchun iqtisodiy kollaps holatiga tushib qolmaslik haqida qayg‘urmoqda. Netanyaxu esa buni yaxshi tushunadi. Anneksiya esa harbiy xarajatlarni talab qiladi va mamlakat budjeti pandemiya sharoitida budjet taqchilligi xavfi ostida qoladi.

    Ammo Netanyaxu uchun, eng avvalo, bo‘lg‘usi saylovlar masalasi turibdi. Agar anneksiya Netanyaxuning siyosiy obro‘sini mustahkamlaydi, degan ishonchga asoslanadigan bo‘lsa, anneksiya masalasini yana qayta ko‘rib chiqishi ham mumkin. Netanyaxu uchun xavfsizlik ham muhim. Isroil mudofaa armiyasi qo‘mondoni general-leytenant Aviv Koxavi va “Shin Bet” kontrrazvedka tashkiloti direktori Nadav Argaman anneksiya rejasi doirasida mamlakatga nisbatan xavf tug‘ilishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Lekin ular keltirgan ma’lumotlarda anneksiya rejasi navbatdagi Falastin qo‘zg‘olonini keltirib chiqarishi borasida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

    O‘z navbatida Falstin va Isroil o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan qonli to‘qnashuvning oldini olish Falastin muxtoriyati prezidenti Mahmud Abbosning ham siyosatiga bog‘liq. Anneksiyaning oldini olish uchun may oyida Mahmud Abbos Isroil bilan har qanday munosabatlarni uzib qo‘ydi. Hozirda Falastin muxtoriyati va Isroil o‘rtasida koronavirus borasida hamkorlik qilish, Isroilning Falastin uchun yig‘ib boradigan bojlarni ham qabul qilish borasidagi aloqalari muzlab qolgan. Bu esa Falastin muxtoriyatining ishchilarga beradigan maoshlarida uzilishlar bo‘lishiga ham olib kelmoqda. Bu esa Abbosning o‘z ma’muriyatida siyosiy obro‘sining yo‘qolishiga sabab bo‘lishi, Isroil anneksiyasiga start beriladigan bo‘lsa, Mahmud Abbos falastinliklarning harakatini boshqara olmay qolishi ham mumkin.

    Foto: Google Photos

    Bunday vaziyatda rasmiy Vashingtonning anneksiya rejasiga ro‘yxushlik bermayotgani, pandemiya bois Isroildagi iqtisodiy tushkunlik, 20 foizga yetgan ishsizlik, xususiy korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolishi natijasida berkilayotgani, Netanyaxu siyosatining isroilliklar orasida borgan sari obro‘sizlanib borayotgani bosh vazirning anneksiya rejasini amalga oshira olmasligidan darak.

    Bu esa Tramp ta’biri bilan aytganda, “Asr kelishuvi” rejasining “Asr muvaffaqiyatsizligi” bilan yakunlanishi mumkinligiga ishora. Netanyaxuning baxtiga o‘tgan bir necha oylar davomida ijtimoiy norozilikka sabab bo‘lgan anneksiya borasidagi rejalar pandemiya oqibatida ikkinchi darajali mavzuga aylandi.

    Shuningdek, Netanyaxu hozirda korrupsiya, poraxo‘rlik atrofida yuz berayotgan mashmashalarning bosh nishoniga aylanib qoldi. Hukumat Isroilda karantin choralarining kuchaytirilishi ortidan isroilliklar 1,4 milliard funt sterling miqdorida moliyaviy yordam olishini e’lon qildi. Bu esa isroilliklar orasida janob Netanyaxu biz, isroilliklarni “pora” bilan o‘z tarafiga og‘dirib olmoqchi, degan ayblovlarga sabab bo‘lmoqda.

    Qon va jon bilan to‘langan yadro sinovlari

    Bundan 75 yil muqaddam AQSh hukumati Nyu-Meksiko shtati Alamogordo harbiy dala poligonida “Triniti” deb nomlangan atom bombasi sinovini o‘tkazadi. Bu shu kungacha o‘tkazilgan mingdan ortiq yadro sinovlarining birinchisi edi, deb yozadi The Diplomat nashri.

    So‘nggi paytlarda AQSh hukumati oradan 30 yil o‘tib yadro sinovlarini o‘tkazishni muhokama qila boshladi. AQSh rahbariyati nazdida bu Rossiya va Xitoy bilan muzokaralarda o‘rtadagi muvozanatni saqlashda qo‘l keladi. Mazkur muhokamalar esa Xitoy rahbariyati va yadro sinovlari o‘tkazilishi ehtimoliy bo‘lgan Nevada shtati rasmiylarida yadro sinoviga nisbatan keskin kayfiyatni paydo qildi. Tramp ma’muriyatining yadro sinovlarini o‘tkazish borasidagi fikrlari Mudofaa vazirligi, milliy xavfsizlik va ilmiy doiralarda keskin tanqidga uchradi.

    “Triniti” yadro sinovi.

    “Triniti” yadro sinovi.
    Foto: Google Photos

    Prezident Trampning qurollanish masalasidagi maslahatchisi Marshall Bilingsli AQSh Xitoy va Rossiyani qurollanish poygasida ortda qoldirishini ta’kidlab kelardi, biroq yaqinda bergan bayonotida yadro qurollari sinovini o‘tkazish zaruriyati yo‘qligini ta’kidladi. AQSh senatining qurollanish borasidagi qo‘mitasi esa kelajakdagi yadro sinovlariga kerak bo‘lsa, 10 million dollar ajratishini ma’lum qildi. Osiyo Tinch okeani hududi aholisi esa yadro sinovlarining o‘tkazilishiga qaror qilgan Tramp ma’muriyatini insonlar va ekologiyaga nisbatan tajovuzda ayblay boshladi.

    Tarixga nazar solinsa, AQSh hukumati Marshall orollarida 1946-yildan 1958-yilga qadar 67 marta yadro qurollari sinovlarini o‘tkazgani aniq bo‘ladi. Marshall orollari aholisi esa hozirga qadar yadro sinovlarining salbiy natijalarini  his qilib keladi. Mahalliy aholi orasida erta tug‘ruqlar, saraton va radiatsiya bilan bog‘liq boshqa kasalliklar qayd qilinadi. Marshall orolidan bo‘lgan senator Hilda Hayn prezident Tramp ma’muriyatining yadro sinovlarini boshlash haqidagi rejalarini insoniyatni xavfga qo‘yish bilan barobar deb qoralab chiqdi.

    Hozirga qadar AQSh hukumati Rojdestvo, Bikini, Enevetek, Jonston, Gilbert orollarida jami bo‘lib 106 marta yadro sinovlari tajribasini o‘tkazgan. 1952—1957-yillar oralig‘ida Britaniya hukumati AQSh bilan hamkorlikda Avstraliyadagi uchta hududda jami bo‘lib 12 marta yadro sinovlarini o‘tkazgan va mazkur sinovlar Avstraliya tub aholisining turmush tarziga salbiy ta’sir qilgani haqida ma’lumotlar saqlangan.

    Kirimatidagi yadro sinovlarida qatnashgan Jeyms Ronald Ouen orolda 1961—1962-yillarda 31 marta yadro sinovlari o‘tkazilganini ochiqlaydi. Ouen yadro sinovlari natijasida singlisi ko‘zi ojiz bo‘lib qolgani va ukasi esa dadasining o‘limidan o‘n sakkiz oy o‘tib vafot etganini yadro sinovlarining o‘tkazilishi bilan bog‘laydi. Ouen AQSh hukumatining yadro sinovlarini qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabardan dahshatga tushib, nahotki siyosatchilar o‘tmishdagi xatolardan xulosa yasay olmaganliklaridan xafa bo‘ladi.

    Tinch okeanidan 10 ming kilometr g‘arbda joylashgan Qozog‘iston cho‘llarida o‘tkazilgan yadro bombasi sinovlari bugun Markaziy Osiyoning iqlimi va aholisi salomatligiga soya solib turibdi. Bu hudud, shuningdek, yadro quroliga ega Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston chegaralari tutash bo‘lgan hududlardir. So‘nggi paytda Xitoy—Hindiston, Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi ixtiloflar dunyoni istalgan paytda xavfli yadro qurollari markaziga aylantirishi mumkin. Buni hech kim kafolatlay olmaydi.

    1949—1989-yillar oralig‘ida Qozog‘istonning Semipalatinsk hududida 450 martdan ortiq yadro sinovlari tajribadan o‘tkazilgan. Natijada, mintaqadagi insonlarning hayoti xavf ostiga qo‘yilgan, ekologik vaziyat esa taranglashgan. Qizil kitobga kiritilgan bir qator hayvonlar esa yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolmoqda. Shunday bir vaziyatda AQSh hukumati yadro sinovlari dasturini qayta tiklash uchun 44 milliard dollarni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.

    Bu esa AQSh hukumati o‘tmishdan yetarli darajada saboq olmagani, insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yish hozirgi ma’muriyat uchun hech narsani anglatmasligidan darak.

    Bugun dastlabki yadro qurollari sinovi o‘tkazilganligiga 75 yil to‘ldi, dastlabki yadro sinovlari o‘tkazilishida qatnashgan ko‘plab insonlar vafot etgan, lekin ularning aksari yadro sinovlari insoniyat kelajagi uchun xavfli ekanini bot-bot takrorlagan. Mamlakatlar esa bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ko‘rinadi.

    2017-yilning 7-iyul sanasida BMTning Yadro qurollarini yo‘q qilish xalqaro harakati yadro qurollarini taqiqlash masalasini ko‘tardi va 122 mamlakatning bu masalada xayrixohligiga erishdi. Bugun bu bitimni qabul qilgan mamlakatlarning 40 tadan 12 tasi esa Osiyo va Tinch okeani hududida joylashgan. Botsvana esa Yadro qurollarini taqiqlashga qo‘shilgan eng so‘nggi mamlakat sifatida tarixda qoldi. AQSh esa mazkur shartnomani ratifikatsiya qilmay kelayotgan mamlakatlardan biri sifatida qolmoqda. Bu esa dunyoning mavhumlik bosimi ostida qolishini anglatadi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    18.07.2020, 16:12   Izoh (0)   68881
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 milliondan oshib ketdi

    18.07.2020, 13:36

    Isroilda karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirildi

    18.07.2020, 08:52

    Amerikalik biolog koronavirusga immunitet borasida “ijobiy va salbiy” xulosalarni ma’lum qildi

    18.07.2020, 07:51

    Turkmanistonda barcha masjidlar yopilib, poyezdlar harakati to‘xtatildi. Mamlakatda koronavirus rasman qayd etilmagan

    18.07.2020, 06:08

    Deputatlar janjali, it go‘shti iste’moliga qarshi chiqqan koreyaliklar, quyoshning koinotdagi yangi suratlari. 17-iyul suratlari

    17.07.2020, 23:10

    Moskva meri shahar aholisining 60 foizida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanganini aytdi

    17.07.2020, 21:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.