Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan uchta bahs 15-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Milan” o‘z maydonida “Parma”ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi. Dastlab mehmonlar Yasmin Kurtichning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga milanliklar Frank Kessie, Alessio Romanyoli va Hoqon Chalxono‘g‘luning kiritgan to‘plari bilan javob qaytardi.
Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Napoli” safarda “Bolonya” bilan bahs olib bordi. Avvaliga neapolliklar Kostas Manolasning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Biroq maydon egalari o‘yin yakunlanishi arafasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa “Milan” ochkolarini 53 taga yetkazib olgan holda “Napoli”ga (53) yetib oldi.
A Seriya
33-tur bahslari
15-iyul, chorshanba
“Milan” — “Parma” 3:1
Gollar: 0:1 – 44 Kurtich, 1:1 – 55 Kessie, 2:1 – 59 Romanyoli, 3:1 – 77 Chalxono‘g‘lu.“Milan”: Donnarumma, Kyer, Romanyoli, Konti (Kalabriya, 46), Teo (Laksalt, 80), Kessie, Bonaventura, Bigliya (Bennaser, 56), Chalxono‘g‘lu (Krunich, 80), Ibragimovich, Rafael Leau (Rebich, 61).
“Parma”: Sepe, Brunu Alvesh (Dermaku, 46), Galolo, Darmian, Yakoponi, Grassi (Ernani, 63), Kurtich, Kulusevski, Brugman (Ingleze, 63), Jervinyo, Kornelius (Karamo, 14; Kaprari, 81).
Ogohlantirishlar: Grassi (33), Konti (33), Darmian (65).
“Bolonya” — “Napoli” 1:1
Gollar: 0:1 – 7 Manolas, 1:1 – 80 Barrou.“Sampdoriya” — “Kalyari” 3:0
Gollar: 1:0 – 8 Gabbyadini, 2:0 – 40 Bonatssoli, 3:0 – 53 Bonatssoli.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)