Rossiyaning “Ufa” klubida ikkita koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Bu haqda jamoa direktorlar kengashi vakili Rostislav Murzagulov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, jamoada koronavirusga chalinish holati qayd etilgan bo‘lsa ham “Dinamo”ga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi. Murzagulovning aytishicha, jamoa mashg‘ulotlari kontaktsiz tizimda olib borilgan.
“Ufa” bu borada RPL ruxsatini olgan. “Dinamo”ga qarshi o‘yin 16-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Ufa” klubida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov harakat qiladi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov klubini almashtirishi mumkin. Unga “Spartak”, “Zenit” kabi klublar da’vogar
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)