Madridning “Real” klubi Ispaniya La Ligasining 36-turidan o‘rin olgan bahsda “Granada”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu “qaymoqranglilar” uchun ushbu mavsum davomida qo‘lga kiritilgan kichik hisobdagi 11-g‘alaba bo‘ldi. Zinedin Zidan qo‘l ostidagi jamoa shularning oltitasida 1:0, to‘rttasida 2:1, bittasida esa 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
Qayd etish joiz, oxirgi marta “Real” bilan bunday holat 2008/09-yilgi mavsumda yuz bergan. O‘shanda Madrid klubi “Barselona”dan 9 ochkoga ortda qolgan holda, musobaqani 2-o‘rinda yakunlagan.
2019/20-yilgi mavsumda esa “Real” 36-turdan keyin 83 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-pog‘onadagi “Barselona”dan 4 ochkoga ilgarilab ketgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)