“O‘zgidromet” 14—15-iyulda respublikaning tog‘oldi va tog‘ hududlarida sel kelishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda kutilayotgan lokal (mahalliy) yomg‘irlar munosabati bilan Toshkent, Andijon, Namangan Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, hodisa tufayli noxush holatlar yuzaga kelganda Favqulotda vaziyatlar vazirligining 1050 qisqa raqamiga murojaat qilish lozim.
Izoh (0)