Toshkent shahrining avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bilan bir qatorda piyodalar uchun yo‘laklarni ham ta’mirlash ishlari ketmoqda, deya xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.
Xususan, quruvchilar va obodonlashtirish tizimi mutaxassislari qator ko‘chalar bo‘ylab obodonlashtirilgan eni 1,5 metr bo‘lgan piyodalar yo‘li, 0,80 metr kenglikdagi maxsus nogironlar yo‘li hamda 1 metr kenglikdagi veloyo‘laklarni barpo etish rejalashtirilgan.
Bunday ishlar bugungi kunda Haydar Aliyev ko‘chasining Sariko‘l ko‘chasidan Ozarbayjon madaniyat markazigacha bo‘lgan 2 kilometrlik qismida 90 foizga, Shahrisabz ko‘chasining Katta Mirobod ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha bo‘lgan 2,3 kilometr oralig‘ida 50 foizga, Istiqbol ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan 1,6 kilometr masofada 30 foizga hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Kichik avtomobil halqa yo‘lidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 7 kilometrlik qismida 15 foizga bajarildi.
Mavzuga doir:
- Toshkent militsiyasi va Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning ayrim hududlarida nima sababdan noxush hidlar tarqalayotganini aniqladi (video)
- Toshkentda homiylik yordamlarini muvofiqlashtiruvchi markaz ishga tushdi
- G‘afur G‘ulom bog‘i o‘rnida yangi turar joylar va biznes markaz qurilishi inkor qilindi
Izoh (0)