Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirus infeksiyasi qayd etilgan mamlakatlardan jo‘natmalar olib turish xavfsiz ekanligini ma’lum qildi.
Mutaxassis Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti savdo-sotiq va tovarlarning boshqa mamlakatlardan keltirilishi borasida hech qanday cheklov tavsiya etmagani sababli jo‘natmalar orqali virus yuqtirish xavfi yo‘qligini bildirgan. Pochta jo‘natmalari doimiy tartibda ishlamoqda.Mavzuga doir: O‘zbekiston Markaziy banki koronavirusdan saqlanish uchun naqd pullardan kamroq foydalanishni tavsiya etdi
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkinligi, virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)