“Real” hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining iyun oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati ma’lum qildi.
32 yoshli fransiyalik futbolchi iyun oyida La Ligada beshta o‘yinda qatnashdi. Ularda Karim uchta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Ushbu nom uchun shuningdek, “Atletiko” yarim himoyachisi Markos Lyorente va “Vilyarreal” futbolchisi Xerar Moreno kurash olib borgandi.
Benzema Primera 34-turidan so‘ng 17 ta gol bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Shuningdek, uning hisobida La Liga joriy mavsumida yettita assist ham bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)