“Vulverhempton” ustozi Nunu Eshpiritu Santu Angliya Premyer Ligasining iyun oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rildi.
Iyun oyida portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa besh o‘yinda to‘rt g‘alaba va bitta durang qayd etdi. “Vulverhempton” o‘yinlarning uchtasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va jami yettita gol urishga erishdi.
5️⃣ matches 👕
— Premier League (@premierleague) July 10, 2020
4️⃣ wins 💪
1️⃣ draw 🤝
7️⃣ goals ⚽️
3️⃣ clean sheets ⛔️
👔 @Wolves head coach Nuno Espirito Santo is the @BarclaysFooty Manager of the Month 🎉#PLAwards pic.twitter.com/fmhTmbTa7i
Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga quyidagi mutaxassislar ham da’vogarlik qilgandi:
Stiv Bryus (“Nyukasl”) — 3 o‘yinda 2 g‘alaba;
Frenk Lempard (“Chelsi”) — 3 o‘yinda 3 g‘alaba;
Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”) — 5 o‘yinda 3 g‘alaba.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)