• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Coca-Сola Uzbekistan dunyodagi eng yirik banklardan birining yordamida xususiylashtiriladi

    Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. ustav kapitalidagi davlat ulushi xususiy investorga sotiladi. Aynan shunday vazifa oziq-ovqat sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, chet el investitsiyalarini jalb qilib sohaga zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyalarini joriy etish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan belgilandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, ushbu jarayonning samaradorligi va oshkoraligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Investorlar bilan ishlashni tashkil qilish, shuningdek, davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida dunyoning yetakchi banklaridan moliyaviy maslahatchi sifatida JP Morgan, Rothschild & Co, Credit Suisse banklari orasidan biri tanlanadi.

    JP Morgan Chase — Amerika moliyaviy xolding kompaniyasi. AQShdagi “Katta to‘rtlik” banklaridan biri sanaladi. 2003-yildan hozirgi kungacha aynan Coca-Cola brendi bilan bog‘liq 15 ta yirik (miqdori 448 million dollardan 6 milliard dollargacha) kelishuvlarda ishtirok etgan. JP Morgan ichimliklar sohasidagi eng yirik maslahatchilardan biri bo‘lib, Coca-Cola bilan bevosita ish olib borish va uning bitimlarida maslahatchi sifatida ishtirok etish bo‘yicha tajribaga ham ega.

    Credit Suisse Shveysariyaning ikkinchi yirik moliyaviy konglomerati bo‘lib, 7 ta bo‘linmadan iborat. Ushbu bank ichimliklarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan ishlash bo‘yicha shubhasiz dunyo yetakchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi hamda tegishli ravishda oxirgi 20 yilda 30 milliard AQSh dollariga yaqin Coca-Cola kompaniyasini turli mamlakatlarda sotish va birlashtirish jarayonlarida moliyaviy maslahatchisi sifatida ishtirok etgan.

    Rothschild & Co xalqaro moliyaviy xolding kompaniyasidir. So‘nggi 8 yil mobaynida, bank Coca-Cola guruhi bilan bog‘liq 10 dan ortiq bitimlarda maslahatchi sifatida qatnashgan. Shu jumladan, Costa Coffee’ni sotib olish bo‘yicha 2018-yilda 5,1 milliard dollar miqdoridagi kelishuv bo‘yicha bank tomonidan maslahat xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu o‘z navbatida bank nafaqat ichimliklar sohasida, balki Coca-Cola guruhi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish bo‘yicha boy tajribaga ega ekanligini namoyish etadi. Bank jahon investitsion banklarining Top-10 taligiga kiritilgan bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida barqaror yetakchi o‘rinlarni saqlab turibdi.

    Shuningdek, Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish jarayonini umumiy muvofiqlashtirish, shu jumladan, birinchi bosqichda kompaniyani baholash (due diligence), sotish strategiyasini ishlab chiqish, biznes-reja va moliyaviy model tayyorlash vazifalari qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda salohiyatli investorlarni aniqlash uchun raqobat jarayonini tashkil qilish, munozaralarda ishtirok etish, eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha maslahat berish, sotish hujjatlarini tayyorlash va imzolashni tashkil qilish xizmatlarini taqdim etadi.

    Bunday yondashuv xususiylashtirish savdosini shaffof va samarali o‘tkazib, kelgusida xususiylashtirishga investorlarni jalb qilish uchun namuna yoki benchmark bo‘ladi. Ushbu jarayondan asosiy maqsad — kompaniyani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni jalb qilish, korporativ boshqaruvni yaxshilash orqali kompaniyaning samaradorligini oshirish imkonini beradi.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. MChJ QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi. Biroq keyinroq mamlakat hukumatining ustuvor rejalari o‘zgargani sabab jarayon to‘xtab qolgan edi. 2020-yilning mart oyida esa Coca-Cola O‘zbekistonga 31 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirilayotgani, iyun oxirlarida esa Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    10.07.2020, 16:23   Izoh (0)   32642
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusning homilador ayollar va homilaga ta’siri bormi? Mutaxassis javobi

    10.07.2020, 16:11

    Alisher Sa’dullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi

    10.07.2020, 15:26

    Toshkent militsiyasi va Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning ayrim hududlarida nima sababdan noxush hidlar tarqalayotganini aniqladi (video)

    10.07.2020, 15:21

    QQS to‘lovchilarga tezkor servis xizmatlari ko‘rsatish maqsadida “Maslahat markazi” tashkil etildi

    10.07.2020, 15:08

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga jalb etilgan tibbiyot xodimlari har 5 kunda test topshiradi

    10.07.2020, 14:55

    Qozog‘iston bilan chegarada to‘planib turgan 3 mingdan ziyod fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

    10.07.2020, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Men prezident ekanman Xitoy Tayvanga hujum qilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 16 avgust, 19:54

    “Nottingem Forest” “Manchester Siti” himoyachisi uchun 25+5 mln yevro taklif qildi

    Sport | 16 avgust, 19:52

    “Afrika kichik emas!” — Afrika ittifoqi xarita proyeksiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 19:44

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.