• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya endi nimalarga qodir? Xitoy va Eronning maxfiy kelishuvi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

    Siyosiy g‘alabaga erishgan Putin

    O‘tgan haftada Rossiyada Putinga o‘z hokimiyatini 2036-yilgacha saqlab qolish va oldingi saylovlar natijalarini bekor qilishga qaratilgan umumxalq referendum bo‘lib o‘tdi. G‘arblik ekspertlar nazarida saylovlar soxta o‘tkazilgan bo‘lsa-da, Putinning konstitutsiyani o‘zgartirish borasidagi g‘oyasini 77 foizdan ko‘proq rossiyaliklar qo‘llab-quvvatladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘tgan hafta Putin uchun muvaffaqiyatli hafta bo‘ldi va shu bilan birgalikda rus harbiy razvedkasi Tolibonlarga amerikalik harbiylarni o‘ldirilishi uchun haq to‘lashi borasidagi xabarlar AQSh matbuotini “portlatib” yubordi deb yozadi, The Bloomberg nashri.

    COVID-19 pandemiyasi AQSh uchun Xitoy bilan yanada shafqatsiz raqobatga kirishga undayotgan bir vaziyatda Rossiya tarafidan bo‘layotgan tahdidlar AQSh oldida qo‘shimcha xavotirlarga sabab bo‘ldi. AQShning Rossiya borasidagi xavotirlari nimalardan iborat? Rossiya garchi Xitoy kabi iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lmasa-da, ammo AQSh o‘rnatgan dunyodagi geosiyosiy tartibni qo‘porishga harakat qilmoqda va o‘zining cheklangan iqtisodiy zaxiralarini tajovuzkor geosiyosat uchun sarf qilmoqda.

    Rossiya eng avvalo o‘zining siyosiy ambitsiyalari bilan post sovet o‘lkalarida hamda Sharqiy Yevropada harakat qilishga jazm qilgan. Putin uchun Sovet Ittifoqining parchalinishi go‘yoki tarixiy xatolikdek. Shundan bo‘lsa kerak, o‘tgan haftada bergan intervyusida Sovet Ittifoqining sobiq sovet o‘lkalariga  “sovg‘alari” haqida gap ham qistirib ketdi. Putin nazarida, mudofaa qudrati yordamida post sovet respublikalarining rasmiy Kremlga xayrixohligiga erishish orqali o‘z qudratini ko‘rsatib qo‘yishdir. Bu esa demokratiya mafkurasining Rossiyaga xavf tug‘dirishini oldini olgan bo‘ladi.

    Putin so‘nggi 10 yil mobaynida aynan shunday siyosatni qo‘llab kelmoqda. Buning misolini Rossiyaning Gruziyaga, Ukrainaga hujumlari va Markaziy Osiyoga o‘tkazayotgan bosimlarida ko‘rinadi. Bundan tashqari, Rossiya NATOga qarshi turish maqsadida o‘zining harbiy qudratini takomillashtirishga ham zo‘r bermoqda. Bu esa AQSh uchun jiddiy xavflarni yuzaga keltiryapti. AQSh hukumati sovuq urush davri tugaganidan beri yaxlit, osuda Yevropani ko‘rish uchun harakat qildi, Rossiya esa Yevropa Ittifoqining sharqiy chegaralariga xavf solmoqda.

    Putin geosiyosiy ta’sirga erishish uchun harakat qilar ekan, avvalo, NATO va Yevropa Ittifoqini siyosiy institutlarini zaiflashtirishni istamoqda. Kuchli ahil G‘arb esa Putinning siyosiy maqsadlariga to‘siq bo‘ladi. Demokratik qadriyatlarni ilgari surayotgan G‘arb esa Putinning avtoritar hokimiyatini bir kunmas bir kun qo‘ldan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bunga qarshilik ko‘rsatish uchun Putin Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning noliberal siyosiy partiyalaridan ham foydalanishga, ularning xayrixohligiga erishgan holda, Moskvani ularning Makkasiga aylantirmoqchi. Donald Tramp esa Yevropadagi hamkorlari bilan aloqlarni uzib yubormoqda, Yevropa xavfsizligini ta’minlashdagi mas’uliyatidan voz kechmoqda va Putinning amalga oshirmoqchi bo‘lgan maqsadlariga yordam bermoqda.

    Putin, shuningdek, raqibining hududida siyosiy tartibsizlikni kuchaytirish bilan ham ustamonlik bilan foydalanmoqda. Asosiysi liberallarning mafkurasi xalq ko‘z o‘ngida obro‘sizlansa-da, o‘rtada nizo chiqsa, shunisi rasmiy Kreml uchun eng foydalisi.

    Yevropadagi o‘ng siyosiy guruhlarni moliyalashtirish, Amerika jamiyatining qutblashuvidan manfaat ko‘rish, dezinformatsiya tarqatayotgan “trollar fabrikasini” qo‘llab-quvvatlash janob Putinga dushmanlarining ichki nizolarga tortilishiga yordam beradi va bu ularning xalqaro siyosatda Rossiyaning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishdek imkoniyatdan mahrum qiladi.

    Agarda Rossiya o‘z maqsadiga erishadigan bo‘lsa, o‘zining yaqin qo‘shnilari ustidan geosiyosiy va hattoki to‘gridan to‘g‘ri boshqaruvga ega bo‘lishga, g‘arbning demokratik davlatlariga nifoq sepishga va shu tariqa dunyo tartibini izdan chiqarishga qodir bo‘lib oladi.

    Xitoy va Eronning maxfiy kelishuvi

    Livanda nashr qilinadigan Raseef 22 nashri shu kunlarda rasmiy Tehron va rasmiy Pekin o‘rtasida imzolangan eronliklar manfaatlariga zid keladigan maxfiy bitim shartlarini e’lon qildi va bu bitim eronliklar orasida katta siyosiy rezonansni keltirib chiqardi. Hozircha mazkur bitimningning batafsil tafsilotlari e’lon qilingani yo‘q bo‘lsa-da, ammo bu bitimdan nimalar ko‘zlangani haqida taxminlar mavjud.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2020-yilning iyun oyida Eron hukumati Xitoy bilan keng tomonlama strategik bitim imzoladi. Bu bitim Eron hukumatining xitoyliklarga iqtisodiyotning turli sohalarida sarmoyaviy imtiyozlar berilishini nazarda tutadi.

    Eron hukumati AQShning Eronga nisbatan joriy etgan embargo siyosati natijasi sifatida izohlanmoqda. O‘z navbatida, Eron hukumati BMTning xavfsizlik kengashi uchrashuvida Xitoy tarafidan Eronga nisbatan qo‘llanilgan qurol-aslaha embargosi muddatlarini uzaytirishga veto qo‘yish taklifini bildirishni iltimos qilgan.

    Sobiq president Ahmadinajot Tehron va Pekin o‘rtasidagi mazkur bitimning maxfiy bandlari borligini va bu eronliklarning milliy manfaatlariga zidligi borasida fikr bildirishi Eronda katta siyosiy rezonansga sabab bo‘lgan. Eronliklar hattoki Xitoyni mustamlaka mamlakat deb atashgacha borgan.

    Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, sobiq prezidentning mazkur bayonoti 2021-yilga belgilangan Erondagi prezidentlik saylovlari oldidan siyosiy nufuzga ega bo‘lishga urinish ham bo‘lishi mumkin. Sababi, Ahmadinajot o‘z chiqishida eronliklar manfaatlarini sotayotgan biror-bir eronlik rasmiylarning ism-shariflarini ochiqlamaganidir.

    Tarixga nazar solinsa, Ahmadinajot Eron hukumatining “kattalarini” tanqid qilgan birinchi siyosatchi ham emas. Bundan bir yil oldin eronlik siyosatchi Hasan Navro‘ziy mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyga yo‘llagan maktubida Eron hukumatini Xitoyga Kish orolini 25 yil muddatga tekinga ijaraga berganligini tanqid qilib yozgandi. Qayd etish joiz, Eron hukumati mazkur faktni inkor etgandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2019-yilning sentabr oyida Petroleum Economist nashri Eron hukumatidagi ishonchli manbalarga asoslangan holda Eron neft vazirligi rasmiylari kelishuvning ko‘p bitimlari ochiqlanmasligi haqida bayonоt berganligini va shunga qaramay, jurnalistlar Xitoyning neft-gaz, neft-kimyo hamda transport tizimiga 25 yil muddatga 280-400 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritajagi haqida ma’lumot bergandi.

    Petroleum Economist nashri xabariga ko‘ra, 2016-yilda imzolangan shartnoma bandlariga 2019-yilda maxfiy punktlar kiritilgan va bu maxfiy punktlar Xitoyga katta imtiyozlarni qo‘lga kiritishga imkon bergan. Shuningdek, mazkur bitimda Xitoy Eron nefti uchun dollarda emas, Xitoy yuanida haq to‘lashi bandlari ham mavjudligi ta’kidlanagan.

    Biroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Musavi Eron Xitoy munosabatlarini ko‘rolmaydigan kuchlar mavjud, ammo shunga qaramasdan Eron-Xitoy hamkorligi mustahkamlanishi tabiiy jarayondir. Ammo shu o‘rinda, Abbos Musavi Xitoy bilan hali shartnoma imzolanmaganini ham ta’kidlab o‘tdi.

    Xalqaro siyosat va iqtisod Eronga kuchli bosim o‘tkazmoqda. Eron hukumati esa o‘z xalqiga nisbatan xalqqa bosim o‘tkazmoqda. Eronda hech bir tartib mamlakatning oliy rahnamosi Oyatullo Xumonaiyning roziligisiz o‘tmasligini bilgan eronliklar xitoyliklar bilan imozolangan bitimlar oily rahbarning ko‘rsatmalari ostida amalga oshirilayotganini yaxshi tushunishadi.

    Eron hukumati Xitoy bilan o‘tmishdagi oldi-sotdilar ijobiy yakunlanmagan bo‘lsa-da, AQShning Eronga nisbatan qabul qilgan siyosati natijasida eng yomon tanlovga rozi bo‘lishga mahkum. Xitoy sarmoyasi Erondagi iqtisodiy vaziyatni biroz bo‘lsa-da yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Erondagi mahalliy siyosiy kuchlar Eron-Xitoy bitimlarini tanqid qilish orqali oily rahnamoning fikrlarini o‘z tomoniga og‘dirish bilan hokimiyat tepasiga kelmoqchi, degan fikrda.

    AQSh va Yevropa Ittifoqi munosabatlari kelajagi qanday bo‘ladi?

    Ko‘plab yevropalik siyosatchi gurular AQShning Yevropa Ittifoqiga munosabati 2017 yildan beri salbiy tarafga yuz bergani o‘zgarishsiz qolayotgani haqidagi fikrda. Agarda Jo Bayden noyabr oyidagi saylovlarda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, yevropalik siyosatchilar bundan hursand bo‘lardi, deb yozadi The Project Syndicate nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi chog‘ida Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xeyko Maas “noyabr oyidagi saylovlarda AQSh tepasiga kim kelishidan qat’i nazar Yevropa yon atrofidagi muammolarni AQShsiz hal qilish haqida” o‘ylashlari kerakligi haqida gapirdi.

    Ayrim skeptik siyosiy tahlilchilar nazarida bo‘lg‘usi saylovlarda demokratlar respublikachilarni mag‘lub qilsa-da, AQSh Yevropa Ittifoqi munosabatlarida sezilarli o‘zgarish bo‘lmasligini aytmoqda. Ular nazarida demokrat prezident savdo munosabatlarida proteksionizmni davom ettiradi, Amerika xalqining izolyasionist siyosatini ma’qullaydi va Yevropani himoya qilish uchun o‘z cho‘ntaklarini havoga sovurmaydi. Yevropalik siyosatchilar dastlab mazkur fikrlarni prezidentlikka nomzod Elizabet Uorren va Berni Sandersga “yopishtirib” kelgan bo‘lsa, endilikda ular Jo Baydenga ham mazkur tamg‘ani bosishmoqda.

    Biroq Bayden AQSh Yevropa Ittifoqi munosabatlariga hech qanday jiddiy o‘zgarish olib kelmaydi degan firkrga ishonchli asos yo‘q. Bayden doim o‘zini haqiqiy transatlantik siyosat tarafdori sifatida namoyon qilib keldi va Yevropa Ittifoqidagi bir qator siyosiy yetakchilar, jumladan, Angela Merkel bilan yaqin do‘stlik aloqalarida bo‘ldi. 2009-yildan 2017-yilgacha Bayden AQShning Obama ma’muriyatidagi vitse-prezidenti sifatida Yevropa Ittifoqi bilan yaqin do‘stlik aloqalarida bo‘ldi.

    Shu o‘rinda yevropalik siyosatchilar transatlantik munosabatlarning Trampgacha bo‘lgan davri qaytishiga shubha bilan qaraydi. Baydenning prezident bo‘lishi AQSh tashqi siyosati uchun nimani anglatishini go‘yoki yetarli darajada baholamayotgandek. Demokratik partiya hamon eski qadriyatlarga hurmat ruhida qaraydi va prezident Bayden ma’muriyati to‘rt yillik Tramp davri tashqi siyosatini qaytadan “yuklashni” boshlaydi va AQShning dunyo siyosiy sanhasidagi mas’uliyatli yetakchi ekanligini qayta tiklay boshlaydi.

    Tramp eski ittifoqchilari yevropaliklar bilan savdo, iqlim o‘zgarishi, inson huquqlari borasida nizolashib olishga urgurgan bo‘lsa, Bayden Amerikani diplomatik muzokaralar stoliga qaytaradi.

    Tramp tufayli yevropaliklarning AQSh haqidagi tasavvurlari yomonlashdi. AQSh ma’muriyatining Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurashi esa samarasiz, mantiqsiz deya ayblandi. Koronavirusga qarshi JSST bilan yelkama yelka turib kurashish o‘rniga, Tramp Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotini moliyalashtirmasligini bayon qildi, Yevropa bilan hech qanday ogohlantirishlarsiz avia qatnovlarni to‘xtatib qo‘ydi. Bayden esa hokimiyat teasiga kelsa Tramp qo‘ldan boy bergan imkoniyatlarni qayta qo‘lga kiritishga urinishi aniqroq.

    Bayden hukumati shuningdek Nokia va Erickson telekomlari bilan 5G borasidagi ishlarini davom ettiradi va AQSh Yevropaga Rossiya gaziga qaramlikdan xalos bo‘lishiga yordam beradi. Ukrainadagi vaziyatni nazoratga oladi, Bolqonda asosiy o‘yinchi bo‘lib olgan Rossiya, Xitoy va Turkiyaning siyosatiga Yevropa Ittifoqi AQSh bilan birgalikda javob qaytara oladigan bo‘ladi.

    Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun esa shu yilgi saylovlarda Tramp emas, Jo Baydenning g‘alaba qilishi muhim.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    04.07.2020, 22:07   Izoh (0)   95798
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Epidemiolog nima sababdan Germaniyada koronavirus qurbonlari soni kamligini izohladi

    04.07.2020, 20:47

    Fransiyada karantin vaqtida jinoyatlar soni keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi

    04.07.2020, 19:04

    Eron yanvar oyida urib tushirilgan Boeing qurbonlarining yaqinlariga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi

    04.07.2020, 18:55

    Eron yadro obyektidagi yong‘in sabablarini hozircha oshkor etmaslikka qaror qildi

    04.07.2020, 17:56

    Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshdi

    04.07.2020, 17:16

    BAA aholisiga sayohat uchun chet davlatlarga chiqishga ruxsat berildi

    04.07.2020, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xakerlar Oq uy apparati rahbarining telefoniga buzib kirdi — WSJ

    Dunyo | 30 may, 11:15

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    Sport | 30 may, 11:05

    Razvedka Putin harbiy yordam uchun Kim Chen Inga nima berganini aniqladi

    Dunyo | 30 may, 10:58

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi?

    Kino | 30 may, 10:50

    Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

    Dunyo | 30 may, 10:42

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.