• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik fuqaroning IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani ortidan Ombudsman va Akmal Saidov o‘rtasida bahs yuzaga keldi

    Andijon shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqaro A.A.ning kaltaklangani natijasida vafot etishi ortidan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Almal Saidov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgan. Ombudsman o‘z navbatida Akmal Saidovning tanqidiga javob qaytardi.

    Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Almal Saidov

    Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Almal Saidov
    Foto: “Daryo”

    “Kun.uz”ning yozishicha, 25-iyun kuni Xalqaro press-klub sessiyasida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bu kabi holatlarga reaksiya qilish Ombudsmanning birinchi darajali majburiyati ekanini ta’kidlagan.

    Mavzuga doir: Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi

    “Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz xodimi viloyat prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan uchrashishi uchun xat yozdim. Men bu bo‘yicha hamma gapni ayta olmayman, chunki hali ish yakunlanmagan. Men berilgan javobdan qoniqmadim. Markaz murojaatidan keyin O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori bu ishni o‘z nazoratiga oldi va bu ish hozir respublika tergov organlari darajasida olib borilyapti.

    Ombudsmanning mintaqaviy vakilining javobi mening qalbimni xira qildi. Xodimim unga ‘Siz bu yerdasiz, siz viloyat vakilisiz’ deganida u ‘Menga marhumning oila a’zolaridan hech kim javob bermadi’ debdi. Bu qanday javob? Men bu kabi holatlarga reaksiya qilish Ombudsmanning birinchi darajali majburiyati deb hisoblayman”, — deb ta’kidlagan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov.

    Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ombudsman matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu salbiy holat vujudga kelishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘rganish va kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Ombudsmanning mintaqaviy vakili, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati hamda “Yuksalish” umummilliy harakatining Andijon viloyati bo‘yicha vakillari ishtirokidagi ekspert guruhi Andijon viloyatida joylashgan bir qator ichki ishlar bo‘limlari, shaxslar ushlab turilgan, o‘z erki bilan chiqib keta olmaydigan joylar va tergov hibsxonasida joriy yilning 22—23-iyun kunlari monitoring o‘tkazgan.

    Ulug‘bek Muhammadiyev

    Ulug‘bek Muhammadiyev
    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir: “Andijondagi voqea huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ko‘rsatdi”. “Yuksalish” umummilliy harakati hodisaga munosabat bildirdi

    Ta’kidlanishicha, monitoring davomida o‘rganilgan obyektlarda ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan yoki vaqtincha ushlab turilgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo‘llanilishining oldini olish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘rganilgan.

    Qayd etilishicha, monitoring jarayonida ekspert guruhi a’zolari marhum A.A. yashab kelgan xonadonga tashrif buyurdi va uning yaqin qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. Tashrif jarayonida Ombudsman xodimlariga marhum A.A.ning singlisi M.Ibragimova jinoyat sodir etgan ichki ishlar xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

    “Bu haqda biz batafsil ma’lumot bermoqchi edik. Ammo bugun Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, akademik A.Saidov o‘z chiqishida Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga tanqidiy fikrlar bildirdi”, — deyiladi Ombudsman idorasi xabarida.

    Ma’lum qilinishicha, marhum A.A. ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yetkazilgan tan jarohati natijasida vafot etganligi haqida internet nashrlarida xabar tarqagach, ushbu holat Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan o‘rganilib, alohida nazoratga olindi va 14-iyun kuni Ombudsman tomonidan munosabat va marhumning oila a’zolariga hamdarlik bildirilgan.

    “Qolaversa, vakil tomonidan ushbu salbiy holat yuzasidan ‘Gazeta.uz’ hamda UzReport va ‘O‘zbekiston 24’ jurnalistlariga intervyu berildi. Bu paytda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz jim edi (saytlarda berilgan munosabatlar sanasidan bilish mumkin). Buning uchun, avvalo, jurnalistlar, internet nashrlari va blogerlardan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Davlat rahbarining irodasi bilan mamlakatimizda bugun so‘z va fikr erkinligi qaror topdi. Bu esa inson huquqlarini himoya qilishdagi O‘zbekistonning eng katta yutug‘idir”, — deyiladi Ombudsman xabarida.

    Ta’kidlanishicha, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari hamon jamoatchilik asosida maosh olmasdan faoliyat olib boradi va ular o‘z ishxonalariga ega emas. Bu haqda vakil bir necha yillardan buyon parlament palatalariga murojaat qilib keladi. Bundan tashqari vakil kotibiyati o‘z binosiga ega emas, u Toshkent metropoliten binosida ijarada faoliyat olib boradi.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi.

    Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov bir fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Andijon shahar IIB xodimlari harakatiga munosabat bildirib, Andijon shahar IIB xodimlarining noo‘rin munosabati asnosida kasb sha’ni oyoqosti qilingani, bir inson eng oliy huquqi bo‘lgan yashash ne’matidan mosuvo bo‘lgani, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va aholi tomonidan davlatning xalqaro imijini yaxshilash uchun qilinayotgan ko‘p sonli harakatlarga putur yetganini ta’kidladi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev ushbu vaziyat bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, IIV rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir og‘iz kechirim so‘rab qo‘yishi kerakligini aytgan.

    Mavzuga doir: Andijonda fuqaroning IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi ortidan ichki ishlar bo‘limlari xonalariga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

    26.06.2020, 15:05   Izoh (0)   44142
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida 3 tonna rangli metallni noqonuniy olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    26.06.2020, 14:50

    Prezident “Akfa” universitetining yangi binolarini O‘nqo‘rg‘ondagi “Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik” kompaniyasi yerlarida qurishga ruxsat berishi mumkin

    26.06.2020, 14:04

    Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnat masalasida amalga oshirilgan ishlarga baho berdi

    26.06.2020, 13:49

    Keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Sardobadagi 28 ta uyning taqdiri qanday kechayotgani haqida ma’lumot berildi

    26.06.2020, 10:46

    Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

    26.06.2020, 10:15

    Xorazmda 22 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 7228 kishiga yetdi

    26.06.2020, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.