Toshkent viloyatining “Chinor” muntazam YPX maskanida Isuzu avtomobili tekshirilganida uning yukxonasidan noqonuniy ravishda olib ketilayotgan rangli metallar topildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-iyun kuni “Chinor” muntazam YPX maskanida xizmat o‘tayotgan xodimlar Isuzu avtomobilini to‘xtatgan. Haydovchi inspektorlarga o‘ziga va transport vositasiga tegishli hujjatlarni taqdim etgan. Biroq uning xatti-harakati YPX xodimlarida shubha uyg‘otgan, shu sababli ular mashina yukxonasini tekshirib ko‘rgan.
Xolislar ishtirokida avtomobil yukxonasini tekshirish jarayonida u yerda noqonuniy ravishda olib ketilayotgan 3 tonnadan ortiq rangli metall parchalari borligi ma’lum bo‘lgan. Kerakli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng haydovchi, transport vositasi hamda ashyoviy dalillar tuman IIBga olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yukxonadagi qoplarda alyuminiy kukunlari bo‘lgan.
Izoh (0)