Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 72 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 15 nafar, jami 87 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor 24-iyun, chorshanba kuni sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtda tuzalganlarning 63 nafari erkaklar, 24 nafari ayollar bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 79 yoshda, eng kichigi esa 2019-yilda tug‘ilgan.
Endilikda Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2557 nafarga yetdi.
Shuningdek, 24-iyun kun davomida O‘zbekistonda 115 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4675 nafarni tashkil etmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda 24-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 92 kishiga ko‘payib, 6847 nafarga yetgani xabar berilgandi. Hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)