O‘zbekistonda 24-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 92 kishiga ko‘payib, 6847 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq, 24-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra kasallanganlar soni 6755 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Xabar berilishicha, yangi kasallanganlarning

  • 64 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida (barchasi xorijdan kelgan),
  • 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida)

aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizning 10 ta hududidagi shifoxonalarida davolanayotgan 2240 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir ahvolda, 4 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 4588 nafari sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.