• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning 6 ta yirik kompaniyasi ishonchli boshqaruvga berildi

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning oltita yirik kompaniyasi — “Yangi Angren” va “Angren” issiqlik elektr stansiyalari, “O‘zbekko‘mir”, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Toshkent hayvonot bog‘i va “Ammofos-Maksam” boshqa kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berildi. “Gazeta.uz” ishonchli boshqaruvni amalga oshiruvchi kompaniyalar haqida ma’lumot taqdim etdi.

    Issiqlik elektr stansiyalari va ko‘mir kompaniyasi

    O‘zbekistonning eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan bo‘lgan “Yangi Angren IES” va “Angren IES”, shuningdek, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “Central Asia Energy” MChJning boshqaruviga o‘tdi.

    Central Asia Energy kompaniyasi 2019-yilning iyun oyida Toshkentda ro‘yxatga olingan. Uning rahbari sifatida Nodir Qahhorovich Nazarov ko‘rsatilgan. U avval Xalq banki raisi sifatida ishlagan. Shuningdek, Nodir Nazarov “Yangi Angren IES” va “Angren IES” kuzatuv kengashlari a’zosi hisoblanadi.

    Central Asia Energy kompaniyasining 100 foizli ta’sischisi Qozog‘istonning “Gorniye raboti” kichik kompaniyasi bo‘lib, unda beshta shtat o‘rni mavjud va yer ishlari bilan shug‘ullanadi. 2018-yilning yanvar oyida ro‘yxatga olingan mazkur kompaniyaga Erdos Bakitjonovich Muhammadiyev rahbarlik qiladi.

    “Yangi Angren IES” va “Angren IES”ni Qozog‘istonning “Gorniye raboti” kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berish haqida 2019-yilning iyun oyida “Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasi raisi Ruslan Mubarakshin ma’lum qilgan. U IESlar uch yilga ishonchli boshqaruvga berilishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy gazdan foydalanishni maksimal darajada qisqartirish va ko‘mirdan foydalanishni oshirish rejalashtirilgan.

    Ruslan Mubarakshin Qozog‘istondagi yirik ko‘mir kompaniyalarining ta’sischilaridan sanalgan “Gorniye raboti” kompaniyasi bilan O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirgan.

    “O‘zbekko‘mir” kompaniyasini dastlab Rossiyaning “Progress Gor Tex” kompaniyasiga berish rejalashtirilgandi, biroq keyinroq bu loyiha Prezident qarori bilan bekor qilindi.

    Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi

    Prezidentning 2019-yil 10-apreldagi qaroriga muvofiq Indoneziyaning PT Trans Asia Resources kompaniyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “O‘zneftmahsulot” kompaniyasiga tegishli 100 foiz ulushini dastlabki 16 million dollarlik dastlabki to‘lov bilan olishi kerak edi. 2019-yil 25-apreldagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat ulushini sotish shartlari belgilangan, jumladan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining aylanma kapitaliga 120 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, kompaniya rahbarlari, o‘zbekistonlik Azim va Omon Aslanovlar zavodni modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejalarini ma’lum qilgan.

    Biroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini “Jizzakh Petroleum” MChJ qo‘shma korxonasining ishonchli boshqaruviga berishga qaror qilingan.

    “Jizzakh Petroleum” qo‘shma korxonasi 2017-yilning iyun oyida “O‘zbekneftegaz” va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International kompaniyasining filiali) tomonidan tashkil qilingan. Loyihaga ko‘ra, ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushi qayta taqsimlangan, “O‘zbekneftegaz”ning ulushi 60 foizdan 30 foizga kamaygan, xorijiy ta’sischilarning ulushi esa 40 foizdan 70 foizga oshgan.

    Ayni paytda ta’sischilar tarkibidan Belvor Holding Limited (68 foiz), “O‘zbekneftegaz” (30 foiz) va Gas Project Development Central Asia (2 foiz) o‘rin olgan.

    “Jizzakh Petroleum”ning rahbari Shokir Fayzullayev hisoblanadi. U avval “O‘zbekneftegaz” raisi va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

    Toshkent hayvonot bog‘i

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi qarori bilan Toshkent hayvonot bog‘i Wildlife Care kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilgan.

    Wildlife Care kompaniyasi 2019-yilning 12-iyulida ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning 99,97 foiz ulushiga Falcon Hunting Solutions kompaniyasi egalik qiladi, mazkur kompaniya O‘zbekistondagi ekoturizm elementi bo‘lgan kolleksion ovchilik bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning qolgan 0,03 foizi Abdulla Alixo‘jayevga tegishli (o‘tgan yilning dekabr oyida ulushlar nisbati 95 foizga 5 foiz bo‘lgan).

    Falcon Hunting Solutions kompaniyasining ta’sischisi Aziz Yoqubjonovich Komilov hisoblanadi.

    Investitsion majburiyatlar doirasida Wildlife Care hayvonot bog‘ini rivojlantirish uchun keyingi 5 yil davomida 5 million dollar investitsiya kiritishi kerak. Bu orqali hayvonlar tarkibini ko‘paytirish, yangi volyerlar qurish va mavjudlarini qayta ta’mirlash, hayvonlar uchun reabilitatsiya markazi va hayvonot bog‘i xodimlari uchun o‘quv markazi tashkil qilish, zamonaviy audio va videovizual texnologiyalarni joriy qilish rejalashtirilgan.

    Agar boshqaruvchi kompaniya kelishuv talablarini to‘liq bajarsa, u bilan shartnoma 30 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

    “Ammofos-Maksam”

    “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 1969-yilda ishga tushirilgan va Qizilqum konining fosforitlari bazasida murakkab azot-fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, kompaniya asosiy ammofos ishlab chiqaruvchisi sanaladi.

    Kompaniya ta’sischilari “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati (51 foiz) va Ispaniyaning Maxam Corp International S. L. kompaniyasi (49 foiz) hisoblanadi.

    “Ammofos-Maksam” Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga ishonchli boshqaruvga berilmoqda. Olmaliq KMK 2018-yilning avgust oyidan buyon SFI Management Group xorijiy kompaniyasining ishonchli boshqaruvida turibdi. Shuningdek, SFI Management Group “O‘zmetkombinat”, “O‘zikkilamchiranglimetal” va boshqa aktivlarni ishonchli boshqaruvga olgan.

    Avvalroq rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov SFI Management Group kompaniyasi milliarder Fattoh Shodiyevning akasining oilasiga tegishli ekanligini aytgan.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xabar berishicha, agentlik tashkil etilganidan buyon 1187 ta davlat aktivi sotilgan. Joriy yilning boshidan buyon 359 ta davlat aktivi investorlarga 391,2 milliard so‘mga, shu jumladan, 294 ta aktiv 3,2 trillion so‘m investitsiya kiritish va 5100 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan sotilgan.

    Ta’kidlanishicha, davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish yo‘nalishida oltita sohani (“O‘zbekneftegaz”, “O‘zbekenergo”, “O‘zsuvqurilish”, “O‘zsuvta’minot”, “O‘zmilliybank”, Humo Air aviakompaniyasi), shu jumladan, 95 ta tarmoq kompaniyasini qayta tashkil etish ishlari yakunlangan.

    Ayni paytda to‘qqizta sohada (“O‘zpaxtasanoat”, “O‘zdonmahsulot”, Navoiy KMK, “O‘zagroservis”, geologiya-qidiruv, yo‘l-qurilish, nashriyot va poligrafiya kompaniyalari va futbol klublari), shu jumladan, 1184 ta tarmoq kompaniyasida qayta tashkil qilish ishlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev: “Davlat aktivlarini xususiy investorlarga berishni tezlashtirish zarur”
    • Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi Singapur kompaniyasiga sotildi

    18.06.2020, 19:34   Izoh (0)   48665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzila Norboyeva chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri tibbiyot xodimlari ekanligini aytdi

    18.06.2020, 19:10

    O‘zbekistonda MIBning bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

    18.06.2020, 18:59

    Taxiatosh IESda ikkinchi bug‘-gaz turbinasi ishga tushirildi

    18.06.2020, 18:34

    “O‘zgidromet” 19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    18.06.2020, 18:11

    O‘zbekistonda so‘nggi ikki oyda 20 nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib halok bo‘lgan

    18.06.2020, 17:59

    Toshkent va Qashqadaryoda aholi orasida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 5730 nafarga yetdi

    18.06.2020, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.