O‘zbekistonda 18-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 33 kishiga ko‘payib, 5730 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari karantin markazidagi ( Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi “O‘rikzor” savdo majmuasida yuk tashuvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati hududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtda aholi orasida qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 4166 nafar fuqarolar sog‘aydi. “Bu umumiy kasallikka chalinganlarning 72 foizi tuzalganini bildiradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, qayd etilishicha, respublikaning o‘nta hududidagi davolash muassasalarida 1545 nafar bemor davolanishda davom etmoqda. Ularning 12 nafari og‘ir ahvolda.
Izoh (0)