Axborot xavfsizligi sohasidagi ekspert Troy Xant elektron pochta manzillari va parollarning yirik bazasi buzilgani haqida xabar berdi.

Foto: Troyhunt.com

Collection #1 nomli ma’lumotlar bazasi umumiy hajmi 87 gigabayt bo‘lgan 12 mingta fayldan tashkil topgan. Xant bazani mashhur xakerlik forumida topgan. Tadqiqotchi ma’lumotlar sizib chiqishini tarixdagi eng yirigi deb atagan.

Ekspertning aniqlik kiritishicha, bazaga qariyb 773 millionta elektron pochta manzillari va 21 milliondan ortiq parol kirgan. Xantning fikricha, bu baza turli hujumlar vaqtida yig‘ilgan.