O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov “33 savol” ko‘rsatuvida o‘zbek shou-biznesi namoyandalaridan iborat futbol ramziy terma jamoasini tuzdi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori 4-4-2 ko‘rinishidagi tarkibga san’atning turli xil yo‘nalishi vakillarini joyladi.
“Shou” ramziy terma jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon: Shukrullo Isroilov;
Himoyachilar: Adiz Rajabov, Valijon Shamshiyev, Sobir Otajonov, Mehriddin Rahmatov;
Yarim himoyachilar: Davron Kabulov, Alisher Uzoqov, Ozodbek Nazarbekov, Alisher Fayz;
Hujumchilar: Dilshodbek Kattabekov, Sherali Jo‘rayev.
Izoh (0)